Yangiliklar
Aksiya doirasida:
Pensiya tayinlash va uning miqdori bilan bog‘liq murojaatlar o‘rganiladi;
Soliq imtiyozlari va ijtimoiy himoya sohasidagi muammolar tahlil qilinadi;
Pensionerlarning buzilgan mehnat huquqlarini tiklash choralari ko‘riladi;
Sayyor qabullar tashkil etilib, huquqiy maslahatlar va amaliy yordam ko‘rsatiladi;
Ehtiyojmand pensionerlarga yashash manzilida sayyor davlat va notarial xizmatlar ko‘rsatiladi.
Adliya organlari pensionerlarning huquqlarini himoya qilish va ularga amaliy ko‘mak berishga doimo tayyor!
“Rahbar va yoshlar kuni” doirasida Samarqand shahar adliya bo‘limi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Abu Rayhon Beruniy nomidagi oliy ta’lim muassasasi talabalari ishtirokida “Yoshlar bandligi – barqaror kelajak” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda yoshlar va mas’ul tashkilotlar vakillari o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etilib, adliya organlari hamda boshqa davlat tashkilotlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish imkoniyatlari va mehnat sharoitlari haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yoshlarga mehnat huquqi, mehnat shartnomasini tuzish, ishga qabul qilish tartibi hamda xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Jomboy tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazida haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari texnik sabablarga ko‘ra vaqtincha ko'rsatilmaydi.
Fuqarolar mazkur xizmatdan foydalanish uchun o‘zlariga qulay bo‘lgan boshqa tuman yoki shaharlardagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari mumkin.
Texnik nosozlik bartaraf etilgandan so‘ng xizmat qayta yo‘lga qo‘yiladi va bu haqda qo‘shimcha ravishda axborot beriladi.
Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
“Rahbar va yoshlar kuni” doirasida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan shahar Yoshlar ishlari bo‘limi hamda shahar soliq inspeksiyasi bilan hamkorlikda shaharning “Bog‘i Mirzo” mahallasi yoshlari ishtirokida “Yoshlar bandligi – barqaror kelajak” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Abduxalimov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi hamda ularning bandligini ta’minlash, ishga joylashish imkoniyatlari va mavjud muammolar yuzasidan fikr almashdi.
Shuningdek, viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi N.Fayziyeva tomonidan yoshlarga mehnat huquqi, mehnat shartnomasini tuzish, ishga qabul qilish tartibi hamda xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.
Hurmatli fuqarolar!
Aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, murojaatlarni joyida ko‘rib chiqish hamda ularga amaliy yechim topish maqsadida Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov tomonidan sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sana: 2026-yil 10-noyabr
Vaqti: 10:00
Manzil: Samarqand tumani, “Pulimug'ob” mahallasi binosi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning huquqiy muammolari, murojaatlari va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli huquqiy maslahat hamda amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Uzoqov Hasan Sidiqboy o'g'li – Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug‘i bilan Samarqand viloyat adliya boshqarmasining Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sho'basi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
H.Uzoqov tayinlovga qadar Samarqand viloyat adliya boshqarmasining Huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish sho'basi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Samarqand viloyati adliya boshqarmasi jamoasi H.Uzoqovni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi!
Ulmasov Baxtiyor Abrorovich – O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o'rinbosarining tegishli buyrug‘i bilan Adliya vazirligi huzuridagi To'lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining Samarqand viloyati hududiy bo'limi sho'ba boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
B.Ulmasov tayinlovga qadar Samarqand viloyat adliya boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo'yicha bosh maslahatchi lavozimida faoliyat yuritgan.
Samarqand viloyati adliya boshqarmasi jamoasi B.Ulmasovni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi!
Tursunov Nuriddin Qurosh o'g'li – Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug‘i bilan Samarqand viloyat adliya boshqarmaning Davlat xizmatlari ko'rsatilishi ustidan nazorat sho'basi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
N.Tursunov tayinlovga qadar Samarqand viloyat adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish sho'basi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.
Samarqand viloyati adliya boshqarmasi jamoasi N.Tursunovni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi!
Samarqand viloyatida mahalla boshqaruvi samaradorligini oshirish, oilaviy tantana va marosimlarni tartibga solish, isrofgarchilikning oldini olish, shuningdek, sog‘lom oila, sog‘lom yoshlar va xavfsiz mahalla muhitini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-iyundagi PF–116-son Farmoni ijrosi doirasida tashkil etildi. Unda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi A. Kuylanov ham ishtirok etib, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixchamlashtirish, ortiqcha dabdaba va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, ushbu sohadagi qonunchilik talablari hamda belgilangan me’yorlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berdi.Shuningdek, yosh avlodni tejamkorlik va mas’uliyat ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarni asrash hamda oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Matbuot anjumanida mazkur yo‘nalishdagi dolzarb masalalar, mavjud muammolar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
ana: 2026-yil 11-noyabr
Vaqti: 11:00
Manzil: Narpay tumani, “Iymon” mahallasi binosi.
Ma’lumot uchun: +998 55 701 00 55
Huquqiy muammolaringiz va murojaatlaringiz yuzasidan amaliy yordam olish uchun sayyor qabulda faol ishtirok eting!