Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

RASMIY MUNOSABAT


        Xabaringiz bor joriy yilning 16-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan Samarqand viloyatida 1 million dasturchi IT tanlovi g‘olibiga ishlatilgan notebook sovg‘a qilinganligi bilan bog‘liq xabarlar yuzasidan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tashkil qilinib, o‘rganish ishlari olib borilayotganligi ma'lum qilingan edi. Mazkur holat yuzasidan Nurobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman xalq ta’limi bo‘limida o‘rganish o‘tkazildi. Aniqlanishicha, Nurobod tuman XTBga tumandagi ayrim maktablarining kompyuterlari, shu qatori 2 va 61-umumta’lim maktablariga tegishli bo‘lgan kompyuterlar ham dasturlash ta’minotini yaxshilash maqsadida vaqtinchalik tuman xalq ta’lim bo‘limiga olib kelingan. Biroq davlat mulkiga bo‘lgan e’tiborsizlik tufayli Nurobod tumanidagi umumta’lim maktablarining 7-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi asosida o‘tkazilgan “IT-TANLOV”da g‘olib bo‘lgan 41-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi S.Sattarovga 1-o‘rinni olganligi bois birinchi marta 2-umumta’lim maktabining, ikkinchi marta esa 61-umumta’lim maktabiga tegishli bo‘lgan kompyuterlarni berib yuborilgan. Yuqoridagilarga ko‘ra, Nurobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman XTBga kelgusida bunday kamchiliklar va qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik shuningdek, yoshlar o‘rtasida tanlovlarning o‘tkazilishida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi talablariga qat’iy rioya etilish lozimligi va tegishli chora-tadbirlar belgilab olishlari yuzasidan taqdimnoma kiritildi.
          Shu o‘rinda, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi ma’lum qiladiki, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilgan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlari bilan bog‘liq har qanday masalalarni qonuniy hal etish choralarini ko‘rish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.