Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Xodimlarning mehnat huquqlari tiklandi.


        Oqdaryo tuman adliya bo'limi tomonidan tuman xalq ta’limi bo‘limida sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi o‘rganildi. O‘rganish davomida tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan 2019, 2020 va 2021-yillar davomida xalq ta’lim bo‘limiga qarashli maktablardagi kadrlar inspektoriga ularning yagona ta’rif razryadlari oshirilmagan holda ish haqlari to‘langanligi aniqlandi. Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq oliy ma’lumotli bo‘lmagan kadr inspektoriga 6 razryad va oliy ma’lumotlilarga esa 7 razryad bilan to‘lovlarni amalga oshirilishi belgilangan. Yuqoridagilarga asosan, Oqdaryo tuman adliya bo‘limi tomonidan to‘lanmay qolgan ish haqlarini undirish bo‘yicha Payariq tumanlararo sudiga kiritilgan arizalar qanoatlantirilib, tuman xalq ta’limi bo‘limining zimmasiga 65 nafar xodimlarga 2019, 2020 va 2021-yillar davomida to‘lanmay qolgan 172 963 887 so‘mlik ish haqlarini to‘lab berish majburiyati yuklatildi.

 

         Oqdaryo tuman adliya bo‘limi