Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Qonuniylik ta’minlandi


       Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5168-son qarori bilan 2021-yil 1-oktabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etildi. Mazkur qarorga ko'ra Yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash, ularga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish hamda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bo‘lishini ta’minlash mazkur yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, ushbu narkazlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan monitoring olib boradi. Mazkur vazifalardan kelib chiqib, Urgut tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan Urgut tuman xalq ta’limi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida” qonuni asosida tuzilgan shartnomalarnining huquqiy ekspertizadan o‘tkazilganlik holati monitoring asosida o‘rganib chiqildi. Monitoring natijasida tuman Xalq talimi bo‘limi tomonidan bitta holatda 23 592 000 so‘mlik shartnoma Urgut tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmasdan ijroga qaratilganligi aniqlandi. Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5168-son qarori 6-bandiga asosan Yuridik markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar, shuningdek shartnomalarning qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda ular qabul qilingan paytdan e’tiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
        Markaz tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida yuridik kuchga ega bo‘lmagan 2021-yil 21-oktabrdagi №S/22-sonli shartnoma tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida 2021-yil 15-dekabrdagi №S/22/1-sonli qo‘shimcha kelishuvga asosan bekor qilindi.

 Urgut tuman Yuridik xizmat
 ko‘rsatish markazi boshlig‘i M. Jumanov