Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

SARHISOB: Faoliyat samaradorligi tanqidiy ko‘rib chiqildi.


SARHISOB: Faoliyat samaradorligi tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Xabar berganimizdek, bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda dastlab boshqarma boshlig‘i S.Nuriyev tizimda amalga oshirilgan tayinlovlar bilan barchani tanishtirdi.
Shundan so‘ng, kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari M.Kurbanov axborot berdi. Kun tartibidan o‘rin olgan keyingi masalalar, boshqarma va uning tizimidagi idoralar tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Murojaatlar bilan ishlash qilish, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, huquqiy xizmatlar, yuridik xizmat ko‘rsatish, davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlari faoliyati hamda huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohalarida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilindi.
Bundan tashqari, hududlarda kuzatilayotgan tizimli muammolar o‘rtaga tashlanib, mas’ullarga ularni bartaraf etish, kelgusida takrorlamaslik, adliya organlariga tashrif buyurayotgan fuqarolarga zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi. O‘tgan davr mobaynida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklar sababli bir nechta tizim xodimlariga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.