Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga kompyuter xaridi boʻyicha isteʼmol krediti foizlarini qoplab berish tartibi


“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga kompyuter xaridi boʻyicha isteʼmol krediti foizlarini qoplab berish tartibi

Xizmat: “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining oʻquvchisi yoki bitiruvchisi boʻlgan yoshlarga isteʼmol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilish. 
Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar (31 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston fuqarosi, fuqaroligi boʻlmagan shaxs (14 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili).
Isteʼmol krediti miqdori – ariza beruvchiga kompyuter (shu jumladan, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun BHMning 25 baravaridan koʻp boʻlmagan (8 mln 250 ming soʻmgacha) miqdorda.
Xizmatni koʻrsatish uchun kerak boʻladigan hujjatlar
kompyuter sotib olish boʻyicha ikki tomonlama tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi (pdf formatda);
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligi toʻgʻrisida sertifikat (pdf formatda).
Xizmatni koʻrsatish tartibi: 
Ariza beruvchi tegishli sertifikat berilgan sanadan boshlab 6 oy mobaynida istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali sertifikatni ilova qilgan holda murojaat qiladi. 
Yoshlar ishlari agentligi (vakolatli organ) ariza beruvchining murojaati YIDXP orqali tushgan paytdan boshlab 5 ish kuni davomida sertifikatni verifikatsiyadan oʻtkazadi.
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan berilgan maʼlumotnoma hamda “Bir million dasturchi” loyihasini muvaffaqiyatli tugatganligi haqidagi sertifikatga ega boʻlgan yoshlar kompyuter haridi uchun shartnoma asosida ishlovchi doʻkon topadilar.
Kredit rasmiylashtirish uchun AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB hamda  AT “Aloqabank”dan biriga murojaat qilishlari mumkin.
Banklar tomonidan talab qilinadigan hujjatlar:
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport); 
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotnoma;
“Bir million dasturchi” loyihasi boʻyicha oʻquv kurslarini tugatganligi yoki IT-park rezidentining oʻquvchisi yoki bitiruvchisi boʻlganligi toʻgrisidagi sertifikat nusxasi;
Vakil hamda uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport);
Kompyuter yoki noutbuk xaridi uchun doʻkon bilan tuzilgan shartnoma nusxasi.
Xizmatni koʻrsatish muddati: 5 ish kunida.
Xizmat narxi: Bepul