Samarqand viloyati adliya boshqarmasining boshlig‘i
Sattarov Saloxiddin Ulugʻbekovich
Телефон:
(55) 701-00-55
Sattarov Saloxiddin Ulugʻbekovich 1980-yilda Samarqand viloyati, Pastdargʻom tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, 2002-yil Toshkent davlat yuridik institutini, (kunduzgi) 2006-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
S.Sattarov mehnat faoliyatini 2002-2003-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan
2003-2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi yetakchi maslahatchisi,
2004-2005-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi.
2005-2006-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boʻlim boshligʻi.
2006-2008-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziriligi Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi boshligʻi,
2008-2017-yillar Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.
2017-2021-yillar Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan
S.Sattarov 2021-yil 26-noyabrdan 2024-yilning 20-fevraliga qadar Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
S.Sattarov O'zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 21-fevraldagi tegishli buyrug'iga asosna Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya bo‘limlari faoliyatini tashkillashtirish va ularga umumiy rahbarlik qilish;
boshqarma hay’ati faoliyatini boshqarish;
boshqarma ishini rejalashtirish, uning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
Rejalashtirish va nazorat-tahlil shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
Inson resurslari shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
Moliya-iqtisod shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
Xo‘jalik faoliyati va mehnatni muhofaza bo‘yicha bosh maslahatchi faoliyatiga rahbarlik qilish;
moliyaviy, shuningdek, moddiy-texnika ta’minoti, xodimlarning moddiy va maishiy sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq masalalarni amalga oshirish.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
Shodikulov Ozodjon Zikiryoyevich
Телефон:
(55) 701 00 55
Shodikulov Ozodjon Zikiryoyevich 1983-yil 19-fevralda Samarqand viloyati Samarqand tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti Oliy, huquqshunos. 2005-yil Samarqand davlat universitetini (bakalavr), 2007-yil Toshkent davlat yuridik institutini (magistratura), 2010-yil Toshkent davlat yuridik institutini (aspirantura) tamomlagan.
O‘z faoliyatini 2012-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi faoliyatida ekspert ta’minoti bo‘yicha sektori katta referenti lavozimidan boshlagan. 2013-yilda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi Tashkiliy-nazorat va tahlil shoʻbasi yetakchi maslahatchisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi, 2013 – 2016-yillarda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘limi (Tadbirkorlik sub’yektlari va xorijiy investisiyalarni huquqiy himoya qilish bo‘limi) bosh maslahatchisi, 2016 – 2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tadbirkorlik sub’yektlari va xorijiy investisiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasining katta, yetakchi va bosh maslahatchisi, 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasining bosh maslahatchisi, 2018 – 2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Tadbirkorlik va investisiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasining prokurori, 2019 – 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi Jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish va o‘rganish markazi prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Shodikulov Ozodjon Zikiryoyevich O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 26-fevraldagi buyrug‘i bilan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik ta’minlash shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
Inson huquqlarini himoya qilish shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo'yicha bosh maslahatchi faoliyatiga rahbarlik qilish
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari
Kurbanov Maqsud Muinjonovich
Телефон:
(55) 701 00 55
Kurbanov Maqsud Muinjonovich – 1984-yil 29-yanvarda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, huquqshunos. 2004-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2004-yildan Toshkent viloyat bojxona boshqarmasi “Gʻishtko‘prik” bojxona kompleksi 1-toifali mutaxassisi lavozimidan boshlab, mazkur lavozimda 2006-yilgacha faoliyat yuritgan. 2006 – 2008-yillarda Toshkent viloyat bojxona boshqarmasi “Minsuv” bojxona posti inspektor-surishtituvchi,
2008 – 2009-yillarda Toshkent viloyat bojxona boshqarmasi Olmaliq tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postining inspektor-surishtiruvchisi, “S.Najimov” bojxona posti katta inspektor-surishtiruvchisi, 2009 – 2017-yillarda Samarqand viloyat adliya boshqarmasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2017 – 2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish boshqarmasining Iqtisodiyot va moliya sohasida davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, 2018 – 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2022-yil may oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
Raqamlashtirish bo‘yicha bosh maslahatchi faoliyatiga rahbarlik qilish;
FHDY arxivi faoliyatiga rahbarlik qilish;
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari
Abduxalimov Shuxrat Abduxalimovich
Телефон:
(55) 701 00 55
Nodavlat notijorat tashkilotlar shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
Huquqiy axborot bo'yicha bosh maslahatchi faoliyatiga rahbarlik qilish;
Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh maslahatchi faoliyatiga rahbarlik qilish;
Notarial arxiv faoliyatiga rahbarlik qilish.