Yangiliklar
Bugun, xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining navbatdagi 19- sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, hokim o‘rinbosarlari, deputatlar, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Sessiyada dastlab shahar IIB boshlig‘i Yo.Karimovning huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish borasidagi ishlar bo‘yicha hisoboti eshitildi. Shundan so‘ng shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i A.Tilavov 2025- yilda shaharda norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan axborot berdi.
Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi doirasida adliya boshqarmasi boshlig‘iga biriktirilgan Samarqand shahridagi "Shukrona" hamda Samarqand tumanida joylashgan “Chumchuqli” MFYlarida “mahalla yettiligi” a’zolari hamda “nizoli oilalar” vakillariga huquqiy ongni yuksaltirish hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi qabul o‘tkazildi.
Tadbirda dastlab qaror ijrosi bilan adliyaga biriktirilgan mazkur mahallalardagi nizoli oilalarni bugungi kundagi yashash sharoiti, nizoli oilalarga ro‘yxatiga tushib qolishining tub sabablari hamda huquqiy muammolari o‘rganildi.
Nurobod tuman adliya bo‘limi tomonidan maslahat burchagi orqali 2026-yil yanvar oyi davomida 30 nafardan ortiq fuqaro huquqiy maslahat olish uchun murojaat qildi.
Fuqarolarni qiziqtirgan masalalarning aksariyati oila va nikoh munosabatlari, shuningdek subsidiyalar bilan bog‘liq bo‘ldi.
Tadbir davomida murojaatchilarga mutaxassislar tomonidan atroflicha huquqiy tushuntirishlar va amaliy maslahatlar berildi.
Unda Bulung‘ur tuman Adliya bо‘limining 2025-yil davomida norma ijodkorligi hamda huquqni qо‘llash amaliyoti, shuningdek, 2026-yilda amalga oshirish lozim bо‘lgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida gapirilib o’tildi.
Mavzu yuzasidan Bulung‘ur tuman Adliya bо‘limi boshlig‘i Abdiyev Nuriddin Amir о‘g‘li tomonidan ma’lumot berildi.
Tadbir so’ngida OAV vakillari mavzu va soha yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdilar.
Bulung‘ur tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tuman FHDY bo‘limi hamkorligida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” kursining navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Davra suhbati davomida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bosh mutaxassisi M. Kurbanova, tuman FHDY bo‘limi mudirasi G. Baxritdinova hamda tuman “Oqila ayollar” harakati rahbari N. Umarova tomonidan nikoh guvohnomasining ahamiyati, yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash ularning porloq kelajagi va baxtli hayotini ta’minlashdagi muhim omil ekani haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Bulung‘ur tumani Xo‘jamazgil mahallasida viloyat va tuman hokimligi rahbarlari ishtirokida aholi uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabul davomida 30 ga yaqin fuqaroning murojaatlari tinglandi. Ular asosan kommunal xizmatlar, bandlik, ijtimoiy himoya, infratuzilma, yer va kadastr masalalari bilan bog‘liq bo'lib, murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq vazifalar yuklatildi hamda ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Bulung‘ur tumani “Sayiltepa” mahallasida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari O.Shodikulov tomonidan mahalla aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Tadbir avvalida O.Shodikulov tomonidan “mahalla yettiligi” vakillariga qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar, xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son Qarori yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Kattaqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan hududda faoliyat yuritayotgan “Turon Sam Plast” MCHJ va “RustamPlastekis” MCHJ rahbarlari hamda ishchi-xizmatchilari ishtirokida ???? yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash va ish haqini “konvert” shaklida to‘lashning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida ish haqini norasmiy to‘lashning salbiy oqibatlari — soliq to‘lovlaridan bo‘yin tovlash, pensiya va nafaqa ta’minotida muammolar yuzaga kelishi, shuningdek, xodimlarning mehnat huquqlari cheklanishi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga mehnat qonunchiligi, ish beruvchi va xodimning huquq hamda majburiyatlari yuzasidan huquqiy ma’lumotlar yetkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
Paxtachi tumani “Dung” mahallasida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov tomonidan mahalla aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Tadbir avvalida S.Sattarov tomonidan “mahalla yettiligi” vakillariga qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar, ularning mazmun-mohiyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son Qarori haqida batafsil tushuntirish berildi.
Qabul davomida PQ-1-son qaror asosida birikritilgan olilalar bilan uchrashilib, ularning muammolari atroflicha o'rganildi hamda tegishli mas'ullarga ko'rsatmalar berildi.
Ayrim murojaatlar joyida hal etildi, murakkab masalalar esa mutasaddilar tomonidan nazoratga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-son “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Sattarov bugun viloyatning olis Paxtachi tumanida bo‘lib ro'yxatga olish jarayonlari bilan tanishdi.
Safar davomida:
▪️tumanda tashkil etilgan shtab faoliyati;
▪️tuman adliya bo'limi;
▪️"Dung" mahalla fuqarolar yig'ini;
▪️“Chorgo'sha” mahalla fuqarolar yig'inlarida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Jarayonlarni samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga amaliy yordam ko‘rsatilib, tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.