Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 701-00-55

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

25
YOSHLARNI ZARARLI G‘OYALARDAN ASRAYLIK

“Terrorizm va diniy ekstremizm — davr muammosi” mavzusida yoshlarni diniy radikal oqimlar, ekstremistik g‘oyalar va turli zararli mafkuralar ta’siridan asrashga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tashkil etilib, unda boshqarmaning mas’ul xodimi N. Fayziyeva ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlarga diniy ekstremizm va radikalizmning mazmun-mohiyati, ularning jamiyat va yoshlar hayotiga salbiy ta’siri, turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishning oldini olish hamda internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yoshlarni sog‘lom dunyoqarash, mustaqil fikrlash va mafkuraviy immunitet ruhida tarbiyalash, turli shubhali axborot va zararli g‘oyalarga nisbatan hushyor bo‘lish muhimligi ta’kidlandi.

25
BULUNG‘UR TUMANIDA DOLZARB MAVZULARDA BRIFING O‘TKAZILDI.

Bulung‘ur tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan aholi va jamoatchilikni huquqiy jihatdan xabardor qilish, dolzarb masalalar yuzasidan tushuntirish berish maqsadida brifing o‘tkazildi.

Brifing davomida:
PQ-1-son qaror mazmun-mohiyati va ahamiyati;
yashirin iqtisodiyotning oldini olish va uning salbiy oqibatlari;
korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish;
fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar hamda
ishtirokchilarning mavzu yuzasidan savollariga tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.

24
Huquqiy bilim, ochiq muloqot va yoshlar nigohidagi muhim masalalar.

Samarqand viloyatida yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.

Yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda yoshlarning huquqiy bilim va mas’uliyatini oshirish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh. Abduxalimov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi. Muloqot davomida yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, profilaktika inspektori G. Xoljo‘jayeva hamda adliya mas'ullari tomonidan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, turli salbiy ta’sirlardan himoyalanish, qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish hamda huquqiy savodxonlikni oshirish yuzasidan profilaktik tushuntirishlar olib borildi.
Ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutasaddilardan batafsil javoblar oldilar.

24
Brifing bo‘lib o‘tdi.

"Urgut sadosi" gazetasi qoshidagi "Matbuot markazi"da Urgut tuman Adliya bo‘limi DXM direktori D.Latipov ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishning tizimli asoslari” mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.
 
Brifing doirasida quyidagi muhim yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:
- Korrupsiya shunchaki jinoyat emas, u davlat apparatining ishini susaytiradi, qonun ustuvorligiga putur yetkazadi hamda xorijiy investorlarning mamlakat iqtisodiyotiga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi.
- Inson omilini qisqartirish maqsadida barcha davlat xizmatlari, litsenziya va ruxsatnomalar berish jarayonlarini elektron platformalar orqali amalga oshirish shaffoflikni ta’minlaydi.
- Vazirlik, idoralar va yirik korxonalarda korrupsiyaga qarshi kurashishning ichki tahlil mexanizmlari joriy etilib, xavfli nuqtalar barataf etib borilmoqda.

23
Fuqarolar murojaati o'rganilmoqda

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari M.Kurbanov tomonidan Jomboy tumani "G'azira" mahallasida sayyor qabul o'tkazildi.

Dastlab 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qaror ijrosi yuzasidan adliya bo'limi tomonidan amalga oshirilayotgaan ishlar tahlil qilinib, mas'ullariga hamda mahalla yettiligiga tegishli ko'rsatmalar berildi.

Sayyor qabul davomida 30 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etdi. Shundan 8 nafar fuqarolarning turli masaladagi murojaatlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi hamda 3 ta muammo joyida hal etildi. 7 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga olindi.

23
Nizoli oilalar muammolari o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov tomonidan PQ-1-son qaror ijrosi doirasida Qo'shrаbot tumani "Mustaqillik" MFY hamda Ishtixon tumani "O'zbekiston" MFYlariida nizoli oilalar bilan manzilli ishlar olib borildi.

Shuninddek. oilalardagi nizolarning kelib chiqish sabablari, mavjud ijtimoiy-huquqiy muammolar hamda ularni bartaraf etish imkoniyatlari atroflicha o‘rganildi.

Mahalla yettiligi hamda fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning murojaat va muammolariga qonunchilikda belgilangan tartibda amaliy yechimlar belgilandi.

Asosiy e’tibor nizolarning oqibatlarini bartaraf etish bilan birga, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash va oilalarda sog‘lom muhitni tiklashga qaratildi.

22
BRIFING O‘TKAZILDI

Samarqand tumani adliya bo‘limi boshlig‘i S.Kadirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha brifing o‘tkazildi.

22
#2026_yil_1_oktyabrdan Qonunchilikka ko‘ra, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (Yagona portal) quyidagi xizmatlar joriy etiladi:

Jismoniy va yuridik shaxslarga o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk va avtomototransportlarni garovga yoki ipotekaga qo‘yishga, shuningdek, ularni begonalashtirishga taqiq qo‘yish yoki uni bekor qilish;

???? fuqarolarning o‘z nomiga rasmiylashtirilgan va foydalanilayotgan telefon raqamlari va bank kartalari to‘g‘risida ma’lumot olish va ushbu jarayonni boshqarishning quyidagi imkoniyatlarini yaratish:

▪️ telefon raqamini muayyan muddatga nofaol holatga o‘tkazish (faollashtirish) va o‘zi foydalanmayotgan telefon raqamlariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish haqida arizalar kiritish;

▪️ telefon raqami ulangan pulli xizmatlar haqida ma’lumot olish;

▪️ bank kartalarini bloklash (yopish) haqida emitentga arizalar yuborish;

▪️ fuqaroning nomiga yangi notarial harakat rasmiylashtirilganda avtomatik tarzda uni Yagona portal orqali xabardor qilish va ular hisobini yuritish.

21
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish - davr talabi

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki yashirin iqtisodiyot jamiyat taraqqiyotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi. U iqtisodiy munosabatlarning ochiq va shaffof yuritilishiga to‘sqinlik qiladi hamda davlatning moliyaviy barqarorligiga xavf tug‘diradi.

21
HUJJATDAGI TAFAOVUT BARTARAF ETILDI, FUQARONING HUQUQI TIKLANDI.

Bulung‘ur tuman adliya bo‘limiga fuqaro S.F. tomonidan yoshga doir pensiya tayinlash bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaat qilindi.

Murojaatchi 1991, 1992 va 2003-yillarda Bulung‘ur tumanidagi savdo do‘konlaridan birida mehnat faoliyatini olib borgan. Biroq mazkur davrga oid ish haqi qaydnoma hujjatlarida uning ism-familiyasi boshqa shaklda qayd etilganligi sababli ushbu mehnat davrlarini pensiya tayinlashda hisobga olish masalasida muammo yuzaga kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasiga ko‘ra, har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yo‘qotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot huquqiga ega.Murojaat yuzasidan Bulung‘ur tuman adliya bo‘limi tomonidan tegishli hujjatlar o‘rganilib, Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi Bulung‘ur tuman davlat arxivi tomonidan taqdim etilgan arxiv ma’lumotlari tahlil qilindi.Fuqaroning 1991, 1992 va 2003-yillardagi mehnat faoliyatiga oid ish haqi qaydnoma kitoblaridagi ma’lumotlarni huquqiy jihatdan tasdiqlash maqsadida fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudiga tegishli ariza kiritildi.