Yangiliklar
Kattaqo'rg’on tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Sh.Razzoqov tomonidan hududdagi “Valijon” MFYda tuman kadastr va tuman soliq inspeksiyasi bilan hamkorlikda “O‘zboshimchalik bilan egalab olingan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son va “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida fuqarolar bilan huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Mazkur tadbir davomida fuqarolarga O‘RQ-937 son qonunning mazmun-mohiyati tushuntirilib, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek, mulkdorlarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi yuzasidan zarur tushuntirish ishlari olib borildi.
Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ 1-sonli Qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan fuqarolarga batafsil tushuntirildi.
Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari Sh. Abduxalimov Kattaqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limida bo‘lib, bo‘limda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Safar davomida:
▪️PQ–1-sonli qaror bilan ishlash jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlarga e'tibor qaratildi;
▪️Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlarining ish faoliyati o'rganildi;
▪️Davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan “Huquqiy maslahat burchagi” faoliyati tahlil qilindi.
▪️Davlat xizmatlarini ko'rsatishda fuqarolarga qulayliklar yaratilishi lozimligi to'g'risida ko'rsatmalar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida joylarda amaliy ishlar izchil davom etmoqda
Pastdarg'om tuman hokimligi binosida seminar o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Abduxalimov, shuningdek, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etdi.
Seminarda tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘ini “yettaligi” a’zolari qamrab olindi.
Tadbir davomida:
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori mazmun-mohiyati:
— mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirishda idoralararo hamkorlik,
— nizoli oilalar bilan ishlashda mediatsiya institutining ahamiyati,
— adliya organlarining huquqiy targ‘ibot va profilaktikadagi vazifalari atroflicha tushuntirildi.
???? Xavfsiz mahalla — barqaror jamiyat poydevori!
Jomboy tuman hokimligi binosida seminar o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari O.Shodiqulov, shuningdek, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etdi.
Seminarda tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘ini “yettaligi” a’zolari qamrab olindi.
Tadbir davomida:
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori mazmun-mohiyati:
— mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirishda idoralararo hamkorlik,
— nizoli oilalar bilan ishlashda mediatsiya institutining ahamiyati,
— adliya organlarining huquqiy targ‘ibot va profilaktikadagi vazifalari atroflicha tushuntirildi.
Xavfsiz mahalla — barqaror jamiyat poydevori!
Uchrashuv davomida yashirin iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy salbiy oqibatlari, qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, ish haqlarini “konvert” usulida to‘lashning huquqiy oqibatlari haqida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
Mazkur tadbir tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida qonuniy faoliyatni rag‘batlantirish, soliqlarni to‘liq va o‘z vaqtida to‘lashni ta'minlash hamda yashirin iqtisodiyotning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Samarqand viloyati tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan Davlat xizmatlari markazlarida tashkil etilgan “Huquqiy maslahat burchagi” orqali fuqarolarning huquqiy savodxonligi oshirilmoqda.
2025 yil davomida
19-avgust – 30-dekabr holatiga
9 860 nafardan ortiq fuqaroga bepul huquqiy maslahatlar berildi.
Asosiy murojaatlar:
- subsidiyalar
- uy-joy va kommunal masalalar
- oila va nikohga oid huquqiy masalalar
Adliya organlari fuqarolarga yaqin, ochiq va ishonchli xizmat ko‘rsatishda davom etmoqda!
Nurobod tumanida oila qurish arafasida turgan yoshlarni mustahkam va barqaror oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida navbatdagi o‘quv-mashg‘uloti tashkil etildi.
Mazkur tadbir tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman bo‘linmasi hamkorligida o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida yoshlarga milliy va umuminsoniy qadriyatlar, oilaviy munosabatlar madaniyati, er-xotin o‘rtasidagi huquq va majburiyatlar, reproduktiv salomatlik, shuningdek, maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha muhim tushunchalar berildi. Tadbir interaktiv shaklda tashkil etilib, ishtirokchilar bilan savol-javoblar hamda fikr almashuvlar o‘tkazildi.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan nikoh shartnomasining mazmun-mohiyati, uning nikoh guvohnomasidan farqi, shartnomaning tuzilish tartibi, shakli hamda qonuniy kuchga kirish mexanizmlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Mashg‘ulotlar yakunida ishtirokchilarning o‘zlashtirgan bilimlari sinovdan o‘tkazilib, dastur talablarini muvaffaqiyatli bajargan yosh oila quruvchi juftliklarga belgilangan namunadagi maxsus sertifikatlar topshirildi.
Mazkur mashg‘ulotlar yoshlarni ongli ravishda oilaviy hayotga tayyorlash, oilaviy ajralishlarning oldini olish hamda sog‘lom va mustahkam oilalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Qonunchilikka ko'ra, “Davlat ta'minotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalar uchun quyidagilarni o'z ichiga olgan ijtimoiy yordam paketi joriy etiladi: (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/10463)
ushbu oilalar xonadoniga quvvati 7-10 kVtlik quyosh panellarini o'rnatish uchun BHMning 100 baravarigacha subsidiya ajratiladi;
ushbu oilalarga tijorat banklari orqali 4 yilgacha BHMning 75 baravarigacha quyidagi maqsad va shartlarda kredit ajratiladi:
kredit oilaning mehnatga layoqatli a'zolarining bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni boshlash yoki kengaytirish, shu jumladan, chorva mollari, parranda, quyon, baliq va asalari uyasi, ko'chma do'konlar, motoroller, skuter va boshqa asosiy vositalarni sotib olish yoki issiqxona qurish uchun ajratiladi;
kredit 1 yillik imtiyozli davr bilan “davlat ta'minotidagi oila” toifasidagi oila a'zosining ijtimoiy kartasiga o'tkaziladi;
kredit foiz stavkasi Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasidagi foiz stavkasida hisoblanadi.
"DEKRET" TA'TILI VA "DEKRET" HUQUQLARI
Sizni qiziqtirgan barcha savollarga jonli efirda javob beriladi!
"Dekret" ta'tili kimlarga beriladi?
"Dekret" puli qanday hisoblanadi?
"Dekret" ta'tili ish stajiga qo'shiladimi?
"Dekret"da bo'lgan ayol ishdan bo'shatilishi mumkinmi?
"Dekret" ta'tili davomida boshqa joyda ishlash mumkinmi?
"Dekret" ta'tilidan oldin ish joyini o'zgartirsa, huquqlar saqlanadimi?
Ishsiz ayollar "dekret" puli olishi mumkinmi?
Bu ta'tilni ota yoki buvisi olishi mumkinmi?
Xususiy sektorda ishlovchilar uchun "dekret" qoidalari qanday?
Mavzu yuzasidan keng tarqalgan xatolar va huquqiy yechimlar "Adliya tv"ning jonli efirida.
Sana: 23.01.2026
Vaqt: 14:00
Jonli efir shu kanalda:
https://youtube.com/@adliyatv?si=zgQGiL7JBYoiM47D
Savollaringizni @mehnatpodkast_bot orqali yuboring. Bundan tashqari efir davomida o'zingizni qiziqtirgan savollarni bevosita yuborishingiz mumkin!
urmatli kuzatuvchi, adliya organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik fikrini o'rganish maqsadida o'tkazilayotgan so'rovnomada ishtirok eting!
So'rovnomada ishtirok etish uchun ushbu ???? havolaning (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScbHOmusBqOkH0ngoxhzH2aP03msSOwl_0AlbgXlVSoDFoKUA/viewform)...� ustiga bosing!
Ushbu anonim so‘rovnoma orqali Sizning fikr va takliflaringiz adliya organlari faoliyatini yanada samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.