Yangiliklar
Navkat mahallasida tashkil etilgan “Farovonlik markazi” tikuvchilik bo‘limi xodimalari Samarqand shahrida joylashgan “AFROSIYOB JEANS TEKSTIL” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda tajriba almashish maqsadida tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida korxonadagi zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, tikuvchilikda qo‘llanilayotgan yangi texnologiyalar hamda ishni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tajribalar o‘rganildi. Uchrashuv o‘zaro fikr almashish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarni oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etdi.
Bunday hamkorlik tashabbuslari kelgusida ayollar bandligini ta’minlash va mahallalarda kichik ishlab chiqarishni rivojlantirishga xizmat qiladi.
IT sohasiga bo‘lgan e’tibor tobora ortib borar ekan, yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Jumladan, Qo‘shrabot tumani “Navkat” MFYdagi “Farovonlik” markazida IT yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar ishtirokida Samarqand shahridagi “School 21” IT maktabiga o‘quv-tanishuv ekskursiyasi tashkil etildi.
Ekskursiya davomida yoshlar maktabdagi o‘quv jarayoni, ta’lim tizimi hamda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, maktab mas’ullari tomonidan IT sohasida noldan boshlab beriladigan bilim va ko‘nikmalar, ta’lim tartibi, shakli va o‘qitish jarayoni haqida batafsil ma’lumot berildi.
Bunday tashabbuslar yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Adliya vazirligining bevosita ko‘magida bunyod etilgan Qo‘shrabot tumani “Navqat” MFYdagi “Farovonlik” markazida IT yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar tuman adliya bo'limi bilan hamkorlikda Samarkand KOICA Vocational Training Centerga o‘quv-tanishuv ekskursiyasida ishtirok etdilar.
Ekskursiya davomida o‘quvchilar:
-zamonaviy robototexnika laboratoriyalari bilan tanishdilar
-IT bilimlarining amaliyotda qo‘llanilishini ko‘rdilar
-soha mutaxassislari bilan uchrashib, foydali tajriba orttirdilar
Bu tashrif yoshларда innovatsiya, muhandislik va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi hamda kelajak kasb tanlovi uchun mustahkam asos yaratdi.
-Shuningdek, “Farovonlik” markazi va Samarkand KOICA Vocational Training Center o‘rtasida kelgusida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
"Kelajak uchun" istiqbolli tashabbuslar forumi
Forumning maqsadi – soha va hududlarni rivojlantirishga aholini jalb etish, tashabbuslarini yuzaga chiqarish, islohotlarning xalqchilligini taʼminlash
Yo‘nalishingizni belgilab, kuchli g‘oyalaringizni taqdim eting — jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shing.
https://kelajakuchun.gov.uz/
https://youtu.be/XUuOxayDdIg
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi
Viloyat adliya boshqarmasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilgan holda muhokama tadbiri boʻlib oʻtdi
Bugun viloyat adliya boshqarmasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda 2026–2030-yillarga moʻljallangan yangilangan strategiya, samaradorlik koʻrsatkichlarini takomillashtirish, raqamli monitoringni joriy etish hamda sohaviy va hududiy dasturlarni uygʻunlashtirish masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi.
Shuningdek, tadbir davomida nodavlat notijorat tashkilotlari (shu jumladan diniy tashkilotlar) tomonidan 1-fevralga qadar yillik hisobotlarni adliya organlariga taqdim etish tartibi haqida ham gapirib oʻtildi.
Hisobotlarni www.e-ngo.uz portali orqali elektron shaklda, oʻz vaqtida va toʻliq topshirish zarurligi taʼkidlandi.
Samarqand tuman davlat xizmatlari markazida "prava" vaqtincha berilmaydi
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi shuni ma'lum qiladiki, haydovchilik guvohnomasini chop etish uskunasida aniqlangan nosozlik sababli, Samarqand tuman davlat xizmatlari markazida eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish xizmati vaqtincha ko‘rsatilmaydi.
Ushbu xizmatdan foydalanmoqchi bo‘lgan fuqarolar o'zlariga yaqin bo'lgan boshqa tuman (shahar)lardagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari mumkin.
Nosozlik bartaraf etilganligi haqida qo‘shimcha axborot beriladi.
Тадбиркорларни давлат рўйхатидан ўтказишда бир вақтнинг ўзида бир нечта хизматлар кўрсатилади https://t.me/huquqiyaxborot/19080;
“Энг яхши солиқ тўловчи маҳалла” номинацияси жорий этилади https://t.me/huquqiyaxborot/19083;
ЯТТларга фирма номига эга бўлишга рухсат берилади https://t.me/huquqiyaxborot/19100;
“НAMROН” дастури доирасида тадбиркор хотин-қизлар қўллаб-қувватланади https://t.me/huquqiyaxborot/19102;
“Келажак” марказларида ўқиганлик учун ота-оналар бадали тўлови миқдорлари https://t.me/huquqiyaxborot/19116;
АҚШ фуқаролари учун визасиз режим белгиланади https://t.me/huquqiyaxborot/19122;
“Бюрократияни бартараф этиш – 2030” дастури ишга туширилади https://t.me/huquqiyaxborot/19133;
Мактаб директори ва унинг ўринбосарларига КПИ натижасига кўра устамалар берилади https://t.me/huquqiyaxborot/19150;
Айрим тиббиёт ходимлари фарзандларининг контракт тўлови бир қисми қоплаб берилади https://t.me/huquqiyaxborot/19160;
“Сунъий интеллект йўналишида энг яхши стартап” танлови ўтказилади https://t.me/huquqiyaxborot/19161;
Айрим тиббиёт ходимларига пул мукофоти берилади https://t.me/huquqiyaxborot/19168;
Қурилиш соҳасидаги ёш олимлар учун илмий стажировка танлови эълон қилинади https://t.me/huquqiyaxborot/19170;
Ҳомиладорлик ва туғиш нафақаси проактив шаклда тайинланади https://t.me/huquqiyaxborot/19174;
“А1” тоифадаги ҳайдовчилик гувоҳномасини олиш учун тўғридан-тўғри имтиҳонларни топшириш ҳуқуқи берилади https://t.me/huquqiyaxborot/19175;
Камбағал оилаларнинг “аъло” баҳоларга ўқийдиган фарзандлари оромгоҳларда бепул дам олиши мумкин бўлади https://t.me/huquqiyaxborot/19182.
O‘lim fakti sud tartibida belgilandi
????Fuqaro I. Z. Narpay tuman adliya bo‘limiga ariza bilan murojaat qilib 1990-yil 25-aprelda tug‘ilgan qizi X. Sh.ning 2006-yil 22-oktabr kuni vafot etgani, biroq o‘limi o‘z vaqtida FHDY organlarida qayd etilmaganligini ma’lum qilgan.
????Tekshiruvlar natijasida marhumaning tug‘ilganligi qayd etilgani, ammo o‘lim haqidagi tibbiy ma’lumotnoma va FHDY dalolatnoma yozuvi mavjud emasligi aniqlandi. Mahalla va qabriston ma’lumotnomalari esa vafot etganlik holatini tasdiqladi.
????Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, o‘lim belgilangan muddatda qayd etilmagan va zarur hujjatlar mavjud bo‘lmagan holatlarda o‘lim fakti sud tartibida belgilanadi.
????Shu asosda Narpay tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudiga ariza kiritilib, 2025-yil 25-noyabrdagi sudning hal qiluv qaroriga asosan X. Sh. ning 2006-yil 22-oktabr kuni vafot etganlik fakti tasdiqlandi.
Samarqand viloyatida o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlari e'tirof etilgan fuqarolar soni jami 4696 nafarga yetdi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma to‘rtinchi sessiyasida qabul qilingan qarorga muvofiq, viloyatning bir qator tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi yana 693 nafar fuqaroning mulk huquqlari qonuniy tartibda e’tirof etildi.