Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Samarqand viloyati adliya boshqarmasining boshlig‘i

Nuriyev Salohiddin Samadovich

Телефон:
(55) 701-00-55

Fuqarolarni qabul qilish haftaning Juma kuni 09:00-11:00 gacha

Nuriyev Salohiddin Samadovich – 1981-yil 3-noyabrda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, huquqshunos. 2001-yilda Toshkent Davlat yuridik institutini, 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2001-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi katta maslahatchisi, bosh maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i vazifalaridan boshlagan. 2006 – 2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan manitoring qilish markazi yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i, 2010 – 2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasining boshlig‘i, 2014 – 2018-yillarda Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i, 2018-yil - Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Adliya vazirining 155-sht buyrug‘iga asosan, S.Nuriyev 2019-yil 2-martdan Samarqand viloyati adliya boshqarmasining boshlig‘i vazifasida ishlab kelmoqda.


adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya bo‘limlari faoliyatini tashkillashtirish va ularga umumiy rahbarlik qilish;

boshqarma hay’ati faoliyatini boshqarish;

boshqarma ishini rejalashtirish, uning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

Rejalashtirish va samaradorlikni baholash bo‘limi faoliyatiga rahbarlik qilish;

Inson resurslari bo‘limi faoliyatiga rahbarlik qilish;

Xo‘jalik faoliyati va mehnatni muhofaza qilish bo‘limi faoliyatiga rahbarlik qilish;

Moliya-iqtisod bo‘limi faoliyatiga rahbarlik qilish;

moliyaviy, shuningdek, moddiy-texnika ta’minoti, xodimlarning moddiy va maishiy sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq masalalarni amalga oshirish. 


Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

Shodikulov Ozodjon Zikiryoyevich

Телефон:
(55) 701 00 55

Fuqarolarni qabul qilish haftaning Dushanba-Payshanba kunlari soat 9:00-11:00 gacha

   Shodikulov Ozodjon Zikiryoyevich 1983-yil 19-fevralda Samarqand viloyati Samarqand tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti Oliy, huquqshunos. 2005-yil Samarqand davlat universitetini (bakalavr), 2007-yil Toshkent davlat yuridik institutini (magistratura), 2010-yil Toshkent davlat yuridik institutini (aspirantura) tamomlagan.

    O‘z faoliyatini 2012-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi faoliyatida ekspert ta’minoti bo‘yicha sektori katta referenti lavozimidan boshlagan. 2013-yilda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi Tashkiliy-nazorat va tahlil shoʻbasi yetakchi maslahatchisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi, 2013 – 2016-yillarda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘limi (Tadbirkorlik sub’yektlari va xorijiy investisiyalarni huquqiy himoya qilish bo‘limi) bosh maslahatchisi, 2016 – 2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tadbirkorlik sub’yektlari va xorijiy investisiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasining katta, yetakchi va bosh maslahatchisi, 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasining bosh maslahatchisi, 2018 – 2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Tadbirkorlik va investisiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasining prokurori, 2019 – 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi Jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish va o‘rganish markazi prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Shodikulov Ozodjon Zikiryoyevich O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 26-fevraldagi buyrug‘i bilan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi  o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi faoliyatiga rahbarlik qilish;

Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi faoliyatiga rahbarlik qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish bo‘limi faoliyatiga rahbarlik qilish;

Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘limi faoliyatiga rahbarlik qilish.


Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari

Kurbanov Maqsud Muinjonovich

Телефон:
(55) 701 00 55

Fuqarolarni qabul qilish haftaning Dushanba-Seshanba kunlari soat 9:00 – 11:00 gacha

  Kurbanov Maqsud Muinjonovich – 1981-yil 29-yanvarda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, huquqshunos. 2004-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2004-yildan Toshkent viloyat bojxona boshqarmasi “Gʻishtko‘prik” bojxona kompleksi 1-toifali mutaxassisi lavozimidan boshlab, mazkur lavozimda 2006-yilgacha faoliyat yuritgan. 2006 – 2008-yillarda Toshkent viloyat bojxona boshqarmasi “Minsuv” bojxona posti inspektor-surishtituvchi,
2008 – 2009-yillarda Toshkent viloyat bojxona boshqarmasi Olmaliq tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postining inspektor-surishtiruvchisi, “S.Najimov” bojxona posti katta inspektor-surishtiruvchisi, 2009 – 2017-yillarda Samarqand viloyat adliya boshqarmasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2017 – 2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish boshqarmasining Iqtisodiyot va moliya sohasida davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, 2018 – 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2022-yil may oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish bo‘limi faoliyatiga rahbarlik qilish;

Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi faoliyatiga rahbarlik qilish;

Davlat xizmatlari markazlari faoliyatini raqamlashtirish bo‘limi faoliyatiga rahbarlik qilish;

FHDY arxivi faoliyatiga rahbarlik qilish.


Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari

Shirinov Oybek Xamidovich

Телефон:
(866) 221 94 15

Fuqarolarni qabul qilish haftaning Dushanba-Juma kunlari soat 09:00-18:00 gacha

     Shirinov Oybek Xamidovich 1989-yil 3-yanvarda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti Oliy, huquqshunos. 2015-yil Toshkent davlat universitetini (bakalavr), 2017-yil Toshkent davlat universitetini (magistr) tamomlagan. O‘z faoliyatini 2009-yil Toshkent shahar adliya boshqarmasida 2-toifali ish yurituvchi lavozimidan boshlab, mazkur lavozimda 2010-yilga qadar faoliyat yuritgan. 2017 – 2018-yillarda Qo‘shrabot tumani hokim yurdamchi, 2018 – 2019-yillarda Qo‘shrabot tumani hokimligi Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2019 – 2022-yillarda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliya yuritgan.
   Shirinov Oybek Xamidovich O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining tegishli buyrug‘iga asosan 2022-yil avgust oyidan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, yuridik texnikumi direktori lavozimiga tayinlandi.

Samarqand viloyat Yuridik texnikumi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish.