Yangiliklar
"DEKRET" TA'TILI VA "DEKRET" HUQUQLARI
Sizni qiziqtirgan barcha savollarga jonli efirda javob beriladi!
"Dekret" ta'tili kimlarga beriladi?
"Dekret" puli qanday hisoblanadi?
"Dekret" ta'tili ish stajiga qo'shiladimi?
"Dekret"da bo'lgan ayol ishdan bo'shatilishi mumkinmi?
"Dekret" ta'tili davomida boshqa joyda ishlash mumkinmi?
"Dekret" ta'tilidan oldin ish joyini o'zgartirsa, huquqlar saqlanadimi?
Ishsiz ayollar "dekret" puli olishi mumkinmi?
Bu ta'tilni ota yoki buvisi olishi mumkinmi?
Xususiy sektorda ishlovchilar uchun "dekret" qoidalari qanday?
Mavzu yuzasidan keng tarqalgan xatolar va huquqiy yechimlar "Adliya tv"ning jonli efirida.
Sana: 23.01.2026
Vaqt: 14:00
Jonli efir shu kanalda:
https://youtube.com/@adliyatv?si=zgQGiL7JBYoiM47D
Savollaringizni @mehnatpodkast_bot orqali yuboring. Bundan tashqari efir davomida o'zingizni qiziqtirgan savollarni bevosita yuborishingiz mumkin!
urmatli kuzatuvchi, adliya organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik fikrini o'rganish maqsadida o'tkazilayotgan so'rovnomada ishtirok eting!
So'rovnomada ishtirok etish uchun ushbu ???? havolaning (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScbHOmusBqOkH0ngoxhzH2aP03msSOwl_0AlbgXlVSoDFoKUA/viewform)...� ustiga bosing!
Ushbu anonim so‘rovnoma orqali Sizning fikr va takliflaringiz adliya organlari faoliyatini yanada samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.
Ishtixon tuman adliya bo‘limi DXM aloqa operatori Egamov Begzod Komil o‘g‘li dekabr oyining “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.
Boshqarma jamoasi Begzod Egamovni ushbu e’tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.
Payariq tuman adliya bo‘limi DXM direktori Fayzullayev Mirkomil Zafarovich dekabr oyining “Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi” deb topildi.
Adliya boshqarmasi jamoasi Mirkomil Zafarovichni ushbu e’tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘lish orqali siz qonunchilikdagi yangiliklardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lib borishingiz mumkin.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi (https://t.me/qonun_va_huquq)
(https://t.me/qonun_va_huquq)Bulung'ur tumani (https://t.me/httbulungur_adliya)
(https://t.me/qonun_va_huquq)Jomboy tumani (https://t.me/jomboytumanadliya)
(https://t.me/qonun_va_huquq)Ishtixon tumani (https://t.me/ishtixon_tuman_adliya)
(https://t.me/qonun_va_huquq)Kattaqo'rg'on tumani (https://t.me/kattaqorgon_tuman_adliya)
(https://t.me/qonun_va_huquq)Kattaqo'rg'on shahar (https://t.me/Kattaqurgon_sh_adliya)
(https://t.me/qonun_va_huquq)Narpay tumani (https://t.me/narpayadliya)
(https://t.me/qonun_va_huquq)Nurobod tumani (https://t.me/Adliya11)
(https://t.me/qonun_va_huquq)Oqdaryo tumani (https://t.me/oqdaryotumanadliya)
(https://t.me/qonun_va_huquq)Pastdarg'om tumani (https://t.me/pastdargomadliyatuman)
(https://t.me/qonun_va_huquq)Paxtachi tumani (https://t.me/paxtachi_adliya)
(https://t.me/qonun_va_huquq)Payariq tumani (https://t.me/payariqhuquqshunos)
(https://t.me/qonun_va_huquq)Samarqand tumani (https://t.me/adliya_samarqand_tuman)
(https://t.me/qonun_va_huquq)Samarqand shahar (https://t.me/samarkand_adliya)
(https://t.me/qonun_va_huquq)Toyloq tumani (https://t.me/toyloq_adliya)
(https://t.me/qonun_va_huquq)Urgut tumani (https://t.me/urguttumanadliya)
(https://t.me/qonun_va_huquq)Qo'shrabot tumani (https://t.me/qoshrabottumanadliya)
Samarqandda adliya bo'limining ko'magi bilan fuqaroning 37 yillik muammosi ijobiy hal qilindi.
Payariq tuman adliya bo‘limiga “Ko‘lto‘sin” mahallasida yashovchi fuqaro N.K ariza bilan murojaat qilib, onasi N.G. ning fuqarolik masalasi yuzasidan yashab kelganlik faktini belgilashda amaliy yordam so‘ragan.
Murojaatni o‘rganish davomida, uning onasi N.G Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi ekanligi, 1988-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasida turmushga chiqib, Payariq tumani “Ko‘lto‘sin” mahallasida doimiy yashab kelganligi, chekka hududda yashaganligi va e'tiborsizligi sababli O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi pasportini olish masalasi qolib ketganligi aniqlangan.
Mazkur murojaat asosida tuman adliya bo‘limi tomonidan N.Gning manfaatini ko‘zlab, O‘zbekiston Respublikasida yashab kelganlik faktini belgilash bo‘yicha zarur hujjatlar to‘planib, Fuqarolik protsessual kodeksining 293-moddasiga asosan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudiga ariza kiritildi.
Ariza Fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudi tomonidan 2025-yil 18-noyabr kuni ko‘rib chiqilib, tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi, natijada, fuqaro N.G.ning murojaati ijobiy hal etildi.
Payariq tumani adliya bo‘limiga tumandagi "Qumchuq" mahallasida yashovchi fuqaro G.J tomonidan 2006-yilda tug‘ilgan o‘g‘li G.Hning tug‘ilganlik faktini belgilashda amaliy yordam so‘rab murojaat qilindi.
Murojaat o‘rganilishi davomida aniqlanishicha, fuqaro G.J. turli sabablarga ko‘ra 2006-yilda tug‘ilgan farzandi uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani hozirgi kunga qadar rasmiylashtirmagan.
Murojaat asosida Payariq tumani adliya bo‘limi tomonidan zarur hujjatlar to‘planib, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 293-moddasiga muvofiq Fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudiga ariza kiritildi.
Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi FPKning 295-moddasiga binoan, fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlari vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki tugashiga sabab bo‘ladigan faktlar, jumladan bolaning tug‘ilganligi va tug‘ilgan vaqti sud tomonidan aniqlanadi.
Mazkur ariza sud tomonidan 2025-yil 4-dekabr kuni ko‘rib chiqilib, tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi.
Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasida uning tizimidagi barcha xodimlar uchun aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tish masalasiga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur seminar Samarqand viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida ZOOM platformasi orqali o‘tkazildi. Unda census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi, uning afzalliklari hamda amaliy jihatlari atroflicha tushuntirildi.
Seminar davomida ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Bunday o‘quv tadbirlari xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirok etishlariga xizmat qiladi.
2025 йил 15 январь куни соат 00:00 дан Ўзбекистон Республикасида аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирининг биринчи босқичи расман бошланди.
Мазкур босқич доирасида 17 кун давомида фуқаролар census.stat.uz расмий веб-сайти орқали OneID тизими ёрдамида онлайн рўйхатдан ўтишлари мумкин.
14-yanvar - O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Samarqand viloyat adliya boshqarmasida bayram tadbiri o'tkazildi.
Boshqarma xotin-qizlar jamoasi harbiy marsh va jo'shqin musiqa sadolari ostida hamkasb yigitlarni qarshi olib, samimiy dil izhorlarini bildirishdi, bayram tabrigi va ezgu tilaklar yo'llashdi.
Yangi ish kuni buhun adliyada ana shunday bayramona kayfiyatda boshlandi.
Yurtimizning barcha mard va jasur o'g'lonlarini O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining shonli 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, tinchlik va farovonlik tilaymiz. Kuch-g‘ayratingiz, sha’nu sharafingiz yanada ziyoda bo‘lsin!