Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 701-00-55

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

14
Dafn etish ishlarini elektron ro‘yxatga olish tartibi tushuntirildi.

Samarqand tuman adliya bo‘limi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 735-son qarori ijrosi yuzasidan tumandagi mavjud qabristonlarda faoliyat yuritayotgan qabriston nazoratchilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida “Dafn etish ishlarini ro‘yxatga olish yagona elektron daftari” elektron modulidan foydalanish hamda uning mobil ilovasiga tegishli ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri kiritish tartibi batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, dafn etish bilan bog‘liq ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish, ma’lumotlarning to‘liqligi va aniqligini ta’minlash, belgilangan tartib va talablarga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

14
ADLIYA ARALASHUVI NATIJASIDA FUQARONING BUZILGAN HUQUQLARI TIKLANDI.

Bulung‘ur tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaroning ko‘p yillik mehnat staji uchun ustama pullari to‘lanmayotganligi yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqaroning sog‘liqni saqlash tizimida uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgani hamda 2025-yil iyul oyidan 2026-yil may oyiga qadar ko‘p yillik ish staji uchun belgilangan ustamaning bir qismi to‘lanmaganligi aniqlandi.Amaldagi qonunchilik talablariga ko‘ra, tibbiyot xodimlariga ish stajiga qarab tarif stavkasining belgilangan miqdorida ustamalar to‘lanishi kafolatlangan.Shu asosda Bulung‘ur tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman sog‘liqni saqlash bo‘limiga to‘lanmagan ustama pullarini to‘lab berish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.Taqdimnoma natijasida fuqaroning 2025-yil iyul oyidan 2026-yil may oyiga qadar to‘lanmay qolgan ko‘p yillik ish staji uchun 5 % lik ustama pullari jumladan, jami 1 437 401 so‘m miqdoridagi to‘lanmagan ustama pullari fuqaro foydasiga undirib berildi.

12
Faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

2026-yil 10-sentyabr kuni adliya boshqarmasi binosida Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining Samarqand viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i v.v.b. A. Ibragimov hamda viloyat hududida faoliyat yuritayotgan sud boshqaruvchilari ishtirokida tanqidiy-tahliliy ruhdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda 2026-yilning 8 oylik faoliyat yakunlari, tizimda mavjud ayrim muammolar va ularni bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, xodimlarning kasb etikasi va xizmat intizomiga rioya etishi, fuqarolar hamda tadbirkorlar bilan muloqotda muomala madaniyatini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishning muhim yo‘nalishlaridan biri — korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalasi bo‘ldi.

12
URGUTDA PQ-1-SON QAROR IJROSI O‘RGANILDI

Viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Sattarov Urgut tumanidagi “Mustaqillik” mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Shuningdek, nizoli oilalar bilan bog‘liq holatlar alohida o‘rganilib, mavjud muammolar va ularni keltirib chiqarayotgan sabablar muhokama qilindi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, oilalardagi nizoli vaziyatlarning oldini olish hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

11
“Sun’iy intellekt — kelajak sari” mavzusida master-klass tashkil etildi.

Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Samarqand davlat universiteti “Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar” fakulteti “Hisoblash tizimlari muhandisligi” kafedrasi bilan hamkorlikda talabalar uchun “Sun’iy intellekt — kelajak sari” mavzusida master-klass tashkil etildi.

Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh. Abduxalimov ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Axborot texnologiyalari bo'yicha mutaxassis V.Jumanov jalb etilib, talabalarga sun’iy intellekt texnologiyalarining asoslari, undan foydalanish yo‘nalishlari va amaliy imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.

11
Nizoli oilalar muammolari o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov tomonidan PQ-1-son qaror ijrosi doirasida Kattaqo‘rg‘on tumani "Kattaming" mahallasida nizoli oilalar bilan manzilli ishlar olib borildi.

O‘rganish davomida oilalardagi nizolarning kelib chiqish sabablari, mavjud ijtimoiy-huquqiy muammolar hamda ularni bartaraf etish imkoniyatlari atroflicha o‘rganildi.

Fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning murojaat va muammolariga huquqiy baho berildi, qonunchilikda belgilangan tartibda amaliy yechimlar belgilandi.

Asosiy e’tibor nizolarning oqibatlarini bartaraf etish bilan birga, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash va oilalarda sog‘lom muhitni tiklashga qaratildi.

10
SAYYOR QABUL — FUQAROLAR MUAMMOSI JOYIDA HAL ETILMOQDA

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumani “Qumoq” mahallasida fuqarolarning murojaatlarini bevosita joyida o‘rganish va ularning muammolariga amaliy yechim topish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida 40 dan ortiq fuqaroning murojaatlari tinglandi.

5 nafar fuqaroning muammosi joyida hal qilindi;
13 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi;
23 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilindi.

Shuningdek, fuqarolarga qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarish va yangiliklar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sayyor qabul davomida aholiga notarial xizmatlar, Davlat xizmatlari markazi (DXM) hamda FHDY xizmatlari ham ko‘rsatildi.

10
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2026-yil II choragi yakunlari bo'yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobi bo'yicha matbuot anjumani tashkil etildi.

OAV vakillari, blogerlar va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirokida bo'lib o'tgan tadbir davomida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o’rinbosari O.Shodikulov tomonidan o'tgan davrda adliya faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar batafsil yoritildi.

Matbuot anjumanida faoliyatning asl maqsadi bo'lgan inson huquqlarini ta'minlash, uning qadr-qimmatini yanada yuksaltirish, fuqarolarning erkinliklari kafolatlangan  yurtimizda ozod yashashlari uchun sharoit yaratish yo'lida xizmat qilish soha xodimlari uchun muqaddas burch ekanligi alohida ta'kidlandi.

Savol-javob va erkin suhbat tarzida davom etgan uchrashuvda ko'plab takliflar o'rtaga tashlandi.

09
Sayyor qabul: muammolar joyida o‘rganilmoqda.

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Abduxalimov tomonidan Paxtachi tumani “Zarafshon” MFYda sayyor qabul o‘tkazildi.

Dastlab, 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qaror ijrosi yuzasidan adliya bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mas’ullarga hamda mahalla yettiligiga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Sayyor qabul davomida 20 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etdi. Shundan 10 nafar fuqaroning turli masalalardagi murojaatlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 6 ta murojaat esa qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga olindi.

09
Konstitutsiyaviy qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilinmoqda.

Konstitutsiyaviy qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilinmoqda.

Bulung‘ur tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman 1-sonli texnikumida  “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-1166-son Konstitutsiyaviy qonuni mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida qonunning asosiy mazmuni, Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi, vazifalari va vakolatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, qonunda belgilangan yangi normalar, davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlari hamda Prezident Administratsiyasi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslariga alohida to‘xtalib o‘tildi.