Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 701-00-55

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

28
Samarqand viloyati adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo'limlari tomonidan "Men qoidalarga amal qilaman” huquqiy chellenji o‘tkazilmoqda.

Samarqand viloyati adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo'limlari tomonidan "Men qoidalarga amal qilaman” huquqiy chellenji o‘tkazilmoqda. Ushbu chellenjini o'tkazishdan maqsad, yoshlar o‘rtasida qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash, kundalik hayotda qonun-qoidalarga amal qilishni, huquqiy ongi va madaniyatini qonunga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy-intellektual salohiyati hamda dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan. 

28
“ELEKTR XAVFSIZLIGI OYLIGI” VA “AHOLINI ZILZILAGA TAYYORLASH HAFTALIGI” DOIRASIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI O‘TKAZILDI.

Samarqand shahar va Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limlari tomonidan “Elektr xavfsizligi oyligi” hamda “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Samarqand shahar adliya bo‘limi tomonidan Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan fuqarolar, Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi tomonidan esa tuman davlat arxivi xodimlari ishtirokida tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 523-son qarori, Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PQ–158-son qarori hamda Bosh vazirining 2024-yil 1-noyabrdagi 182-son bayoni ijrosi doirasida tashkil etildi.

Tadbirlar davomida elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish, ish joylarida xavfsizlik qoidalariga rioya etish, aniqlangan xavfli holatlarni bartaraf etish hamda elektr toki bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

27
OKTYABR OYIDA YASHIRIN IQTISODIYOTGA QARSHI KURASHISH TADBIRLARI IZCHIL DAVOM ETTIRILMOQDA.

Samarqand viloyati adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan oktyabr oyida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha III chorak yakunlariga bag‘ishlangan brifinglar tashkil etildi.

27
DAVLAT XIZMATLARI SOHASIDA YEVROPA TAJRIBASI O‘RGANILMOQDA

Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti rahbari E.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Yevropa davlat boshqaruvi institutida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganmoqda.

O‘quv safari davomida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda davlat ishtirokini qisqartirish, bozor mexanizmlarini rivojlantirish hamda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi davlatlari tajribasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, tashrifning birinchi kunida:
Luksemburg va boshqa Yevropa davlatlarida davlat xizmatlarini xususiy sektorga o‘tkazish mezonlari va mexanizmlari;
ilg‘or tajribalarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llashning metodologik asoslari;
davlat xizmatlarini ko‘rsatishda davlatning o‘zgarib borayotgan roli;
davlat tasarrufida saqlab qolinayotgan funksiyalar va buning asosiy sabablari muhokama qilindi.

Mazkur o‘quv safari davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, sohada xususiy sektor imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda xalqaro tajribani milliy amaliyotga tatbiq etish istiqbollarini o‘rganishga qaratilgan.

Tashrif Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, Adliya vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

26
"Raqamli soyadagi tahdid": xotin-qizlarni kiber-ta’qibdan himoya qilish — dolzarb masala.

"Huquq va burch" jurnalining 2026-yil 9-sonida viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi N.Fayziyevaning "Raqamli soyadagi tahdid" nomli huquqiy maqolasi chop etildi. 
Maqolada raqamlashtirish sharoitida inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, xususan, xotin-qizlarni kiber-ta’qib va internet makonidagi turli tahdidlardan muhofaza etishning huquqiy asoslari hamda samarali yechimlari yoritilgan.

26
HUQUQIY MALIKA TUSHUNTIRADI

“Internetdan ko‘chirsam bo‘laveradi” — rostdan ham shundaymi?

23
HUQUQIY ATAMALAR — SODDA TILDA

Huquqiy atamalar bilan tanishishda davom etamiz.

Bugun kundalik hayotda uchraydigan yana 3 ta tushunchani sodda izohlaymiz.

MAJBURIYAT — bir shaxsning boshqa shaxs foydasiga muayyan ishni bajarishi yoki muayyan harakatdan tiyilishi lozimligi.
Masalan, buyurtma olgan usta mebelni kelishilgan muddatda tayyorlashi, buyurtmachi esa haqini to‘lashi kerak.

QARZDOR — majburiyatni bajarishi lozim bo‘lgan shaxs.
Masalan, qarzga pul olgan kishi uni qaytarishi kerak. Bu atama faqat pul qarziga tegishli emas: mahsulotni yetkazib berishi lozim bo‘lgan sotuvchi ham shu majburiyat bo‘yicha qarzdor hisoblanadi.

KAFILLIK — boshqa shaxsning majburiyati bajarilishi uchun uning kreditori oldida javobgarlikni zimmasiga olish.
Masalan, tanishingizning kreditiga kafil bo‘lsangiz, u to‘lovni bajarmaganda sizdan ham qarzni to‘lash talab qilinishi mumkin.

Hujjatni imzolashdan oldin undagi har bir atamaning ma’nosini tushunib oling!

23
ERTA NIKOH VA ERTA TUG‘RUQNING OLDINI OLISH BO‘YICHA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

Kattaqo‘rg‘on tumani FHDY bo‘limi tomonidan tuman hokimligi Xotin-qizlar bo‘limi, tuman IIB hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Kattaqoʻrgʻon tuman 2-son texnikumida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida erta nikoh va erta tug‘ruqning oldini olish, oilaviy hayotga tayyorgarlik, nikohning huquqiy asoslari hamda oila mustahkamligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarga erta nikohning salbiy oqibatlari, uning ta’lim olish, salomatlik va kelajak hayotiga ta’siri haqida tushunchalar berildi.

Davra suhbatidan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning kelajakka mas’uliyat bilan yondashishiga ko‘maklashish hamda sog‘lom va mustahkam oilalarni shakllantirishdan iborat.

22
Davlat xizmatlari sifati va aholiga yaratilgan qulayliklar e’tibor markazida

Davlat xizmatlari tizimining samaradorligi, avvalo, fuqarolarning kundalik hayotida sezilishi kerak. Xizmatlardan foydalanishda ortiqcha ovoragarchiliklarning kamayishi, murojaatlarning tezkor hal etilishi va aholining vaqti tejalishi bu boradagi ishlarning muhim natijasidir.

Adliya vaziri Akbar Tashkulov Samarqand viloyatida davlat xizmatlari markazlari faoliyati bilan tanishishni davom ettirmoqda.

Ishtixon tumanidan so‘ng vazir Samarqand tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari, mavjud sharoitlar hamda ish faoliyatining tashkil etilishini ko‘zdan kechirdi.

Asosiy e’tibor xizmatlar sifatini oshirish, fuqarolarning murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish, elektron xizmatlardan foydalanishni kengaytirish va aholiga yanada qulay sharoitlar yaratish masalalariga qaratildi.

Zero, davlat xizmatlari tizimida amalga oshirilayotgan har bir o‘zgarish, eng avvalo, inson manfaatlariga xizmat qilishi, fuqarolarning vaqti va mablag‘ini tejashda o‘z ifodasini topishi lozim.

22
“MUALLIFLIK HUQUQINI HIMOYA QILISH OYLIGI” DOIRASIDA O‘QUV MASHG‘ULOTLARI

“Mualliflik huquqini himoya qilish oyligi” doirasida Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida respublika bo‘ylab kutubxona xodimlari ishtirokida “Kutubxona va mualliflik huquqi: kutubxonachi nimalarni bilishi kerak?” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida mualliflik huquqiga rioya qilish, intellektual mulkni himoya qilish, adabiy va ilmiy asarlardan qonuniy foydalanish hamda kutubxona xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Mazkur tadbir kutubxona xodimlarining kasbiy bilimlarini mustahkamlash, mualliflik huquqiga hurmatni keng targ‘ib etish va axborot-kutubxona xizmatlari sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Mualliflik huquqiga hurmat — ijodga hurmat!