Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 701-00-55

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

08
RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVLARI: YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

2026-yil 8-oktabr kuni Samarqand viloyatining Toyloq, Ishtixon, va Payariq tumanlarida adliya bo‘limlari rahbar va xodimlari ishtirokida yoshlar bilan navbatdagi “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tadbirlari tashkil etildi.

Toyloq tumanida adliya bo‘limi boshlig‘i N. Atamuradov tomonidan bo‘lim binosida “Terrorizm va diniy ekstremizm — davr muammosi” mavzusida ushbu salbiy illatlar bo'yicha tushuntirish berilib, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.

Ishtixon tumanida 96-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlarga diniy ekstremizm, radikalizm va turli zararli g‘oyalarning mazmun-mohiyati, ularning jamiyat va yoshlar hayotiga salbiy ta’siri yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Payariq tumanida esa 79-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Terrorizm va diniy ekstremizm — davr muammosi” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. 

07
Tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Kunning ikkinchi yarmida Samarqand viloyat adliya boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev, viloyat sudi rahbariyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman)ning Samarqand viloyati hududiy shoʻbasi mas'uli ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda tadbirkorlarning murojaatlari, ularni qiynayotgan huquqiy va amaliy masalalar ko‘rib chiqilib, har bir murojaat yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish, tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

07
Samarqandda to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi korxonalar holati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari – To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori N. Muxammadiyev tomonidan Samarqand viloyatida joylashgan to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi "SAMARQAND DORI-DARMON" AJ faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur korxonaning joriy holati, to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarining qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirilishi, korxonalarga tegishli mol-mulklarning mavjudligi, saqlanishi va ulardan foydalanish samaradorligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mol-mulklarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, baholash, ijaraga berish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq jarayonlar, mavjud kreditorlik qarzdorliklari hamda to‘lovga qobiliyatsizlik ishlarining davomiyligi va ularning cho‘zilishiga sabab bo‘layotgan omillar tahlil qilindi.

Bundan tashqari, korxonalar faoliyatini tiklash, moliyaviy holatini sog‘lomlashtirish, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, ish o‘rinlarini saqlab qolish hamda kreditorlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish, to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarini samarali tashkil etish va ularning asossiz cho‘zilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

06
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari O.Shodikulov tomonidan sayyor qabul o‘tkaziladi.

Hurmatli fuqarolar!

Aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, murojaatlarni joyida ko‘rib chiqish hamda ularga amaliy yechim topish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari O.Shodikulov tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi.

Sana: 2026-yil 13-oktabr
Vaqti: 11:00
Manzil: Oqdaryo tumani, “Z.M.Bobur” MFY

Ma’lumot uchun:
+998 55 701 00 55

Huquqlaringiz qonun himoyasida!

06
Diqqat! Firibgarlar yangi usuldan foydalanmoqda!

Telegram orqali fuqarolarga “APK Qo‘riqchi.apk” nomli fayl yuborilib, uni telefoniga o‘rnatish taklif qilinmoqda.

Bunday faylni ochmang va o‘rnatmang!
Noma’lum APK fayllar telefoningizdagi ma’lumotlar, bank ilovalari va shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizligiga tahdid solishi mumkin.

Esda tuting: ilovalarni faqat rasmiy va ishonchli manbalardan, Android qurilmalarda esa Google Play Market orqali yuklab oling.

Shubhali havola yoki fayl — xavfli bo‘lishi mumkin!

Huquqingizni biling — o‘zingizni himoya qiling!

05
NUROBODDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

Nurobod tumanidagi Yoshlar markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.
Unda viloyat va tuman darajasidagi mutasaddi tashkilotlar rahbar va mas’ullari hamda viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Sh.Abduxalimov ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini bevosita tingladi.
Qabul davomida uy-joy va yer, bandlik, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, ta’lim, tadbirkorlik, kredit va qarzdorlik, kommunal xizmatlar, elektr energiyasi hamda sud-huquq masalalariga oid murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning aksariyati yuzasidan joyida tushuntirishlar berildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etgan masalalar bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.
“Inson qadri uchun” tamoyili asosidagi bunday sayyor qabullar aholi muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

05
Adliya_xabari

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish: Yashnoboddagi ishlar tanqidiy o'rganildi
Joriy yilning 3-oktyabr kuni Adliya vaziri Akbar Tashkulov Yashnobod tumanida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, savdo jarayonlarida qonuniylik va shaffoflikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Xususan, vazir “Aviasozlar” bozorida bo'lib, savdo nuqtalari faoliyati, bozor infratuzilmasi, tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda hisob-kitoblarning belgilangan tartibda yuritilishini ko'zdan kechirdi.
O'rganish jarayonida savdo faoliyatini qonuniy tashkil etish, naqd pul aylanmasini shaffoflashtirish, nazorat-kassa texnikalaridan to'g'ri va samarali foydalanish, soliq hamda boshqa majburiy to'lovlarning o'z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, savdo jarayonlarini raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish, tadbirkorlar uchun teng va adolatli sharoit yaratish hamda yashirin iqtisodiyotga zamin yaratayotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarning axboroti tinglandi.
Mas'ullarga noqonuniy va ruxsatsiz savdo holatlarining oldini olish, hisob-kitobsiz mahsulot realizatsiyasiga chek qo'yish, aniqlangan muammolarni tezkor bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

03
Bilasizmi?

Qonunchilikka muvofiq, mutlaq mualliflik huquqi egasi o‘z huquqlarini bildirish uchun asarning har bir nusxasida aks ettiriladigan va quyidagi 3 ta elementdan iborat bo‘lgan mualliflik huquqining himoya belgisidan foydalanishi mumkin:

doira ichida lotincha "S" harfi;
mutlaq mualliflik huquqlari egasining F.I.O. (nomi);
asar birinchi marta nashr etilgan yil.

03
NUROBODDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

Nurobod tumanidagi Yoshlar markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.
Unda viloyat va tuman darajasidagi mutasaddi tashkilotlar rahbar va mas’ullari hamda viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Sh.Abduxalimov ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini bevosita tingladi.
Qabul davomida uy-joy va yer, bandlik, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, ta’lim, tadbirkorlik, kredit va qarzdorlik, kommunal xizmatlar, elektr energiyasi hamda sud-huquq masalalariga oid murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning aksariyati yuzasidan joyida tushuntirishlar berildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etgan masalalar bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.
“Inson qadri uchun” tamoyili asosidagi bunday sayyor qabullar aholi muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

02
Sanoat namunasiga patent olish endi YIDXP orqali!

Sanoat namunasiga patent olish bo‘yicha davlat xizmati my.gov.uz (YIDXP) orqali elektron shaklda joriy etildi.

Kimlar foydalanishi mumkin?
Yuridik va jismoniy shaxslar.

Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

Xizmatdan foydalanish uchun:
buyumning tashqi ko‘rinishi haqida batafsil tasavvur beruvchi tasvirlar to‘plami;
sanoat namunasining tavsifi;
zarur hollarda buyum umumiy ko‘rinishining chizmasi, ergonomik sxemasi yoki konfeksion xaritasi;
Konvensiya ustuvorligi so‘ralganda — birinchi talabnomaning tasdiqlangan nusxasi va uning tarjimasi;
hujjatlar boshqa tilda taqdim etilgan bo‘lsa — ularning belgilangan tartibdagi tarjimasi.

To‘lov miqdori:
Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorda undiriladi.

Xizmat ko‘rsatish muddati:
Yagona portal orqali avtomatik tarzda.