Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 701-00-55

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

08
Konstitutsiyaviy qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilinmoqda.

Oqdaryo tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman hokimligida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-1166-son Konstitutsiyaviy qonuni mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida qonunning asosiy mazmuni, Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi, vazifalari va vakolatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, qonunda belgilangan yangi normalar, davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlari hamda Prezident Administratsiyasi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslariga alohida to‘xtalib o‘tildi. 

08
Matbuot anjumani

Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tomonidan tashkil etilayotgan ochiq muloqotga taklif etamiz!

Tadbir sanasi: 2026- yil 9-sentyabr, soat 14:30
Joylashuv: Samarqand viloyati Matbuot uyi

Matbuot anjumanida 2026-yilning II choragi davomida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar, amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar haqida ma’lumot beriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
(55) 701-00-55

07
Sayyor qabul — fuqarolar murojaatlari e’tiborda

Hurmatli fuqarolar!

Aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, murojaatlarni joyida ko‘rib chiqish hamda ularga amaliy yechim topish maqsadida viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh. Abduxalimov tomonidan sayyor qabul o‘tkaziladi.

Sana: 2026-yil 8-sentabr
Vaqti: 11:00
Manzil: Paxtachi tumani, “Zarafshon” mahallasi binosi.

Ma’lumot uchun: +998 55 701 00 55

Huquqiy muammolaringizni hal etish uchun sayyor qabulda faol ishtirok eting!

07
ADLIYA ARALASHUVI BILAN O‘QITUVCHI YANA ISHIGA QAYTDI.

Jomboy tuman adliya bo‘limi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisining ishdan bo‘shatilganligidan norozi bo‘lib, yo‘llagan murojaati o‘rganildi.
O‘rganish davomida o‘qituvchi homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqqani, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amalda bekor qilinmagan bo‘lsa-da,“Yagona milliy mehnat tizimi”da mehnat shartnomasi bekor qilingan tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi.
Mazkur holat mehnat shartnomasini qonunchilikda belgilangan asos va tartiblarga rioya qilmasdan bekor qilingan tarzda rasmiylashtirish orqali fuqaroning mehnat huquqlarining buzilishiga sabab bo‘lib, Mehnat kodeksining 161-moddasi talablari buzilgan.
Fuqaroning manfaatlarini himoya qilish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktabiga taqdimnoma ta’sir chorasi kiritildi.
Natijada fuqaroning mehnat huquqlari tiklandi.

04
Bog‘izog‘on va O‘zbekiston mahallalari fuqarolari uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Toyloq tumani Adliya bo‘limi tomonidan Samarqand viloyati hokimining 2026-yil 14-iyuldagi 191-7-0-F/26-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash, shuningdek, “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida aholi bilan manzilli ishlashni kuchaytirish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul Bog‘izog‘on va O‘zbekiston mahallalari fuqarolari uchun o‘tkazilib, unda aholining huquqiy masalalari, murojaatlari va takliflari tinglandi.
Fuqarolarga o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi. Murojaatlarning ayrimlari joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Toyloq tumani davlat xizmatlari markazi tomonidan onlayn davlat xizmatlari interaktiv portali orqali onlayn xizmatlar ko'rsatildi. 

04
Sayyor qabul — fuqarolar murojaatlari e’tiborda

Hurmatli fuqarolar!

Aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, murojaatlarni joyida ko‘rib chiqish hamda ularga amaliy yechim topish maqsadida Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov tomonidan sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sana: 2026-yil 9-sentabr
Vaqti: 10:00
Manzil: Kattaqo‘rg‘on tumani, “Qumoq” mahallasi binosi
Sayyor qabul davomida fuqarolarning huquqiy muammolari, murojaatlari va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Ma’lumot uchun: +998 55 701 00 55
Huquqiy muammolaringizni hal etish uchun sayyor qabulda faol ishtirok eting!

03
Murojaatlar — e’tibor va mas’uliyat mezoni: “Hokimlik soati” o‘tkazildi

Nurobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘i N. Safarov tomonidan hokimlik xodimlari hamda tegishli tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirokida “Hokimlik soati” tashkil etildi.
Tadbir davomida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar, ularga qo‘yiladigan talablar, ularni ko‘rib chiqish tartibi hamda murojaatlar bilan ishlash jarayonidagi javobgarlik masalalari yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, murojaatlarni o‘z vaqtida, xolis va qonunchilik talablariga muvofiq ko‘rib chiqish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida mas’ul xodimlarning vazifalari alohida ta’kidlandi.

03
PQ-1-son qaror ijrosi: mahallalarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Viloyati ishchi guruhi shtabi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahridagi “Qorasuv” hamda “Obod maskan” mahallalarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganishlar davomida mazkur qarorda belgilangan vazifalarning mahallalarda amaliy ijrosi, aholi bilan ishlash samaradorligi hamda belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi holati tahlil qilinmoqda.

02
Maktab ostonasidan buyuk kelajak sari

Paxtachi tumanidagi 32-sonli umumta’lim maktabida “Bilimlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Paxtachi tumani adliya bo‘limi vakillari ishtirok etib, o‘quvchilar va ustozlarni yangi o‘quv yili boshlangani bilan samimiy muborakbod etdi.
Tadbir davomida yoshlarni ilm-ma’rifatga, ezgu maqsadlar sari intilishga va kelajakda Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishga chorlashga alohida e’tibor qaratildi.
Yangi o‘quv yili barchaga yangi bilim, yangi imkoniyat va ulkan muvaffaqiyatlar olib kelsin!
“Bilimlar kuni”dan fotolavhalar.

02
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari O.Shodikulov tomonidan sayyor qabul o‘tkaziladi.

Hurmatli fuqarolar!

Aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, murojaatlarni joyida ko‘rib chiqish hamda ularga amaliy yechim topish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari O.Shodikulov tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi.

Sana: 2026-yil 8-sentabr
Vaqti: 11:00
Manzil: Nurobod tumani, “Sharq yulduzi” MFY

Ma’lumot uchun:
+998 55 701 00 55

Huquqlaringiz qonun himoyasida!

Huquqiy muammolaringizni hal etish uchun sayyor qabulga tashrif buyuring.