Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

11
“Oyning eng yaxshi texnik xodimi”

Samarqand tuman adliya bo‘limi DXM aloqa operatori Fayziyev Abduramiz Abdurasul o‘g‘li noyabr oyining “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.

Boshqarma jamoasi Abduramiz Fayziyevni ushbu e’tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.

11
“Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi”

Samarqand viloyat adliya boshqarmaning Huquqiy axborot shu'basi boshlig‘i Kuylanov Akmal Abduraimovich noyabr oyining  “Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi” deb topildi.

Adliya boshqarmasi jamoasi  Akmal Abduraimovichni ushbu e’tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.

10
Korrupsiya taraqqiyot kushandasi

"9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan adliya boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda  "O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki" AJ Samarqand viloyat bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo'limlariga “Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda korrupsiya oqibatlari, huquqiy madaniyat va toza jamiyatni shakllantirishdagi har bir fuqaroning roli haqida fikr-mulohazlar bildirildi.

09
"Adliya a'lochi"lari taqdirlandi

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan adliya sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar e'tirof etildi. Ular adliya vaziri buyrug‘i bilan ta'sis etilgan “Adliya a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Hamkasblarimizni ushbu mukofot bilan tabriklaymiz hamda kelgusi ishlarida rivoj va omadlar tilaymiz!

09
Bolalar va yoshlar davlat himoyasida!

Paxtachi tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanning 43-sonli umumta'lim maktabi o'quvchi va xodimlari ishtirokida Adliya vazirining 2025-yil 26-noyabrdagi 443-um-sonli buyrug'iga asosan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida davra suhbati tashkil etilib, o'quvchilar uchun bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini oldini olish, bolalar bullingini aniqlash va uni oldini olish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

06
SAMARQANDDA “KONSTITUTSIYA KO‘CHASI” TANTANALARI

Bugun Samarqand yanada fayzli, yanada shodiyonali!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi F-60-sonli Farmoyishi ijrosi doirasida viloyatimizda tashkil etilgan “Konstitutsiya ko‘chasi” tadbirlari yuksak shukuhda davom etmoqda.

Ushbu ezgu tashabbusni amalga oshirish jarayonida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi faol ishtirok etib, Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, fuqarolarda yuksak huquqiy ong va madaniyatni mustahkamlashga xizmat qiluvchi qator targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazmoqda.

“Konstitutsiya ko‘chasi”da tashkil etilgan ko‘rgazmalar, uchrashuvlar va interaktiv mashg‘ulotlar yurtdoshlarimizga asosiy qonunimizning demokratik qadriyatlari, inson huquqlari va erkinliklarini yanada chuqur anglash imkonini bermoqda.

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi jamoasi ushbu jarayonda faol bo‘lib, Konstitutsiyamiz bayramini yurtimizga munosib tarzda nishonlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda!

Konstitutsiya — xalqimizning yorug‘ kelajagi poydevori!

05
Samarqand viloyat adliya boshqarmasida Konstitutsiya qabul qilinganining 33 yilligi tantanali nishonlandi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma rahbariyati hamda adliya tizimi xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirni Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Sattarov Sаlохiddin Ulug‘bekovich ochib, barcha xodimlarni qutlug‘ sana bilan samimiy tabrikladi hamda Konstitutsiyaning mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat barpo etish, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini kafolatlashdagi beqiyos ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Bayram doirasida xizmat vazifalarini namunali bajarib, yuqori natijalarga erishgan bir guruh soha xodimlari Adliya vaziri hamda boshqarma boshlig'ining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Ushbu qutlug‘ sana barcha yurtdoshlarimizga farovonlik, tinchlik va yangi marralarni zabt etishda kuch-g‘ayrat tilab, yurtimizda huquqiy madaniyatni yuksaltirish yo‘lida yana-da mas’uliyat bilan xizmat qilishga chorlaydi.

05
“Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi ishga tushiriladi

2025‑yil 28‑noyabrda qabul qilingan “Davlat boshqaruvini raqamli transformasiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident farmoyishi (F–68-son) bilan, 2026‑yil 1‑yanvardan “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi ishga tushiriladi.

Mazkur dastur davlat idoralarini raqamlashtirish, davlat xizmatlarini soddalashtirish va ma’muriy byurokratiyani qisqartirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, fuqarolar va biznes sub’ektlari uchun davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonini qulay, tez va shaffof qilishni maqsad qiladi.

Dasturning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: aholi hayot sifatini davlat xizmatlaridan tez va qulay foydalanish orqali yaxshilash; tadbirkorlik va xorijiy investitsiyalar uchun qulay sharoit yaratish; davlat boshqaruvi va elektron xizmatlar orqali mamlakatning xalqaro imijini mustahkamlash; ortiqcha rasmiyatchilik va byurokratik tartib‑taomillarni kamaytirish hamda jarayonlarni shaffof qilib, suiiste’mollik va korrupsiya xavfini kamaytirish.

Dastur ijrosini muvofiqlashtirish uchun Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi (SRIA) huzurida maxsus loyiha ofisi tashkil etiladi. Shuningdek, byurokratiyani bartaraf etishga oid takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirilgan ishlar samaradorligini baholash uchun Zero Bureaucracy raqamli platformasi joriy etiladi.

“Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi amalga oshirilsa, davlat xizmatlaridan foydalanish yanada tez, qulay va shaffof bo‘lib, fuqarolar va tadbirkorlar uchun ma’muriy yuk yengillashadi. Shuningdek, davlat idoralarining samaradorligi oshadi, korrupsiya va suiiste’mollik salohiyati kamayadi — bu esa jamiyatda davlatga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi.

Ushbu tashabbus — O‘zbekiston hududida davlat‑fuqaro hamda davlat‑biznes munosabatlarini zamonaviy, raqamli va insonparvar uslubga moslashtirishga qaratilgan strategik islohotdir.

Shunday qilib, “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi asosida razmiyatchilik qisqartiriladi, davlat xizmatlari modernizatsiyalanadi va oddiy fuqarolar hamda tadbirkorlar uchun davlat bilan munosabat osonlashadi — bu esa davlat boshqaruvining shaffofligi, samaradorligi va insonparvarligini ta’minlashga xizmat qiladi.

  

Hayitov Mansur Tulqin o'g'li

Samarqand shahar DXM bosh mutaxassisi

05
Inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan adliya boshqarmasi tomonidan Samarqand viloyat hokimligi moliya boshqarmasi hamda uning hududiy bo'limlariga “Inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

☑️Tadbirda Konstitutsiyaning xalqimiz hayotidagi o‘rni, undagi yangilangan normalarning mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qilindi. Ayniqsa, inson qadri ustuvorligi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash, ijtimoiy adolat tamoyillarining hayotga tatbiq etilayotgani borasida fikr-mulohazlar bildirildi.

04
Adliya aralashgach 5 yillik muammo ijobiy hal etildi

Samarqandda besh yil davomida hal bo‘lmay kelgan muammo adliya xodimlari ko‘magida o‘z yechimini topdi.

Samarqand shahar “Siyobcha” MFY Yalangtush ko‘chasida yashovchi Shakirova Zeynep 2020-yil 14-fevral kuni tug‘ilgan farzandi — Shakirov Sultanga tug‘ilganlik guvohnomasini olish jarayonida bir necha yil davomida qiyinchiliklarga duch kelgan. 

Hujjatning mavjud emasligi esa bolani bog‘chaga joylashtirish hamda boshqa ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda sezilarli to‘siqlarni keltirib chiqargan.

Adliya xodimlarining mahallalarda aholining huquqiy masalalarini o‘rganish jarayonida mazkur holat aniqlanib, Z. Shakirovaga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Murojaat  Samarqand shahar adliya bo‘limi  tomonidan ish yurituviga olinib, barcha hujjatlar qonuniy tartibda ko‘rib chiqildi.

Natijada, Shakirov Sultan Yevgenevichning tug‘ilganlik dalolatnomasi rasmiy qayd etilib, guvohnoma tayyorlandi va oilaga tantanali ravishda topshirildi.

Bu esa ona va farzandga barcha zarur ijtimoiy xizmatlardan to‘liq foydalanish, ijtimoiy muhofaza tizimiga erkin kirish imkoniyatini yaratdi.