Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 701-00-55

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

21
HAQIQAT QAROR TOPDI:ISHDAN BO'SHATISH NAFAQASI QONUNIY TARTIBDA UNDIRILDI.

Samarqand tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimida faoliyat yuritgan sobiq CHQBT rahbarining ishdan bo‘shatish nafaqasi pullari to‘lanmaganligi yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.
Murojaatni o‘rganish davomida xodim bilan mehnat shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilingan bo‘lsa-da, unga Mehnat kodeksining 173-moddasiga asosan ishdan bo‘shatish nafaqasi hisoblanmagani va to‘lanmagani aniqlandi.
Holat yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan ushbu qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limiga taqdimnoma ta'sir chorasi qo‘llanildi.
Natijada sobiq CHQBT rahbariga 3 391 000 so‘m ishdan bo‘shatish nafaqasi hamda Mehnat kodeksining 333-moddasiga asosan to‘lovni kechiktirganlik uchun 20 224 401 so‘m, jami 23 615 481 so‘m mablag‘ undirib berildi.

21
Urgut tumanida erta nikoh va zo‘ravonlikka qarshi ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi.

Urgut tuman adliya bo‘limi tomonidan “Pochvon”, “Xo‘jabaland” va “Beshkapa” MFYlari aholisi ishtirokida dolzarb masalalarga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida PF-33-son Farmon mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish,
erta nikohlarning oldini olish,
ajrimlarni kamaytirish,
xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq hamda zo‘ravonlikka chek qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

20
Davlat idoralari “idora tilida” emas, “fuqaro tilida” gapirishi kerak

Davlat xizmati qanchalik qulay bo‘lmasin, fuqaro u haqda oson va tushunarli axborot olmasa, yaratilgan imkoniyatdan to‘liq foydalana olmaydi. Shu bois davlat organlarining jamoatchilik bilan samarali muloqoti xizmat sifatining muhim qismidir.
Shu maqsadda Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda 20–22-avgust kunlari “Samarali axborot orqali davlat xizmatlarini aholiga yanada yaqinlashtirish” mavzusida axborot xizmati xodimlari uchun uch kunlik trening tashkil etdi.

20
Yoshlar e’tiborida — yo‘l harakati xavfsizligi.

Viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Qo‘shrabot, Toyloq, Paxtachi ,Samarqand, Ishtixon va Pastdarg'om tumanlarida yoshlar bilan “Xavfsiz yo‘l — xavfsiz hayot” mavzusida uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvlarda yoshlarga yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, yo‘llarda eng ko‘p uchraydigan qoidabuzarliklar va ularning salbiy oqibatlari, yo‘l belgilarini to‘g‘ri tushunish hamda piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Mazkur tadbirlar Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida tashkil etildi.

19
1999 йил — ижтимоий ва ҳуқуқий ислоҳотлар давом этган йил

Бу даврда қабул қилинган қонунлар ва қарорлар жамият ҳаётининг турли соҳаларида ҳуқуқий асосларни мустаҳкамлашга хизмат қилди.

19
Tinch va xavfsiz mahalla — farovon jamiyat garovi.

Viloyat ishchi guruhi shtabi tomonidan PQ-1-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Narpay tumani “Chaykal” va “Islomobod” mahallalarida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli amaliy ko‘rsatma va tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

18
“Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi”

Nurobod tuman adliya bo'limi FHDY 2-toifali inspektori Abdivoxidova Umida Muzaffarovna iyul oyining “Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi” deb topildi.
Adliya boshqarmasi jamoasi Umida Muzaffarovnani ushbu e’tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.

18
Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muhammadiyev Samarqand viloyatida bo‘ldi.

Vazir o‘rinbosari TDYU huzuridagi Samarqand viloyati akademik litseyida bo‘lib, muassasaning 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, shuningdek, o‘quv binosida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, o‘quvchilar uchun zamonaviy, qulay va munosib ta’lim sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Ayni paytda akademik litseyda yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda o‘quvchilar uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Ma’lumot uchun: o‘quv binosida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar yakunlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

17
Mening mahallamda inoyat bo‘lmaydi.

Viloyat ishchi guruhi shtabi tomonidan PQ-1-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Bulung‘ur tumanining "Guliston", "Mingchinor", "Mehrjon" hamda Toyloq tumanining "Talliota", "Xo'jayuz" va "Charog'bon" mahallalarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida "Ijtimoiy profilaktika haftaligi" masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga amaliy ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi.

Asosiy maqsad — har bir mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda aholi osoyishtaligini ta’minlash.

17
Mustaqillik solnomasi 35-yil

2002-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.