Yangiliklar
Hurmatli fuqarolar!
Aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, murojaatlarni joyida ko‘rib chiqish hamda ularga amaliy yechim topish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari Sh.Abduxalimov tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sana: 2026-yil 14-avgust
Vaqti: 10:00
Manzil: Payariq tumani, “Xalqobod” MFY
Mo‘ljal: mahalla binosi
Ma’lumot uchun:
+998 55 701 00 55
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qarori bilan tasdiqlangan "Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi ma’muriy reglamentlar" ijrosini ta’minlash hamda amaliyotda yagona yondashuvni shakllantirish maqsadida joriy yilning 7-avgust kuni Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tomonidan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar ishtirokida "Zoom" platformasi orqali seminar tashkil etildi.
Seminarda to‘lov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan tuziladigan ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalari oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari atroflicha tushuntirildi.
Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari O. Shodikulov tomonidan Ishtixon tumani "Qoraqo'yli" mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Dastlab 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qaror doirasida nizoli oilalarning huquqiy muammolariga oid ishlar tahlil qilindi, mas'ullarga topshiriq va tavsiyalar berildi.
Sayyor qabulda 40 dan ortiq fuqarolar qatnashdi. 10 ta murojaat bo‘yicha tushuntirishlar berildi, 5 ta muammo joyida hal qilindi, 15 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga olindi.
Shundan so'ng fuqarolarga onlayn firibgarlik, kiberjinoyatlar, yashirin iqtisodiyot, korrupsiya kabi jinoyatlarga qarshi kurashishda barchaning birdek mas'ul ekanligi tushuntirldi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi.
Bu nafaqat bosib o’tilgan yo’lga sarhisob, balki Yangi O’zbekistonning buyuk kelajagi sari tashlangan navbatdagi qat’iy qadamdir.
Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
Giyohvandlik — kelajakni yemiruvchi illat.
Inson uchun eng ulug‘ ne’mat — sog‘lom hayot va osoyishta kelajakdir.Giyohvandlik esa nafaqat bir insonning, balki oila va jamiyatning ham baxtiga rahna soladigan xavfli illatdir.
Farzandlarimizni bu balodan asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashish barchamizning muhim burchimizdir.
“Konvertda” ish haqi olish — huquq va kafolatlardan mahrum bo‘lish demak.
Rasmiy ishlash — barqaror daromad, ijtimoiy himoya va ishonchli kelajak garovi!
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish — barchamizning burchimiz!
Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M. Kurbanov tomonidan sayyor qabul o‘tkaziladi.
Hurmatli fuqarolar!
Aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, murojaatlarni joyida ko‘rib chiqish hamda ularga amaliy yechim topish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M. Kurbanov tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sana: 2026-yil 13-avgust
Vaqti: 11:00
Manzil: Urgut tumani, "Istiqlol" mahallasi
Ma’lumot uchun:
+998 55 701 00 55
Huquqlaringiz qonun himoyasida!
Huquqiy muammolaringizni hal etish, taklif va murojaatlaringizni bevosita yetkazish uchun sayyor qabulga tashrif buyuring.
Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
Sh. Abduxalimov raisligida ZOOM orqali tuman (shahar) yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi.
Yig‘ilishda:
talabnoma va da’vo arizalari loyihalari soni kamaygani;
ayrim markazlarda umuman talabnoma, da’vo arizasi yoki OAVdagi targ‘ibot ishlari amalga oshirilmagani;
hujjat loyihalarini asossiz rad etish holatlari ko‘paygani keskin tanqid qilindi.
Mas’ul xodimlarga tashkilotlarga sifatli yuridik yordam ko‘rsatish, hujjatlarni asossiz rad etmaslik hamda targ‘ibot ishlarini faollashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Mas’ul xodimlarga Prezidentning PQ–5168-son qarori talablariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, buyruq loyihalarini tayyorlashni yengillashtirish maqsadida 4 ta yo‘nalish, 51 ta buyruq turi va 124 ta buyruq turkumi bo‘yicha yagona hujjatlar ro‘yxati shakllantirildi va tizimga joriy etish uchun tayyorlandi.
Nikoh shartnomasi – fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻlib, taraflarning erk-irodasiga asoslanadigan kelishuv hisoblanadi va unga nisbatan ham shartnoma tuzish erkinligi tamoyili qoʻllaniladi.
Boshqacha aytganda, er va xotindan biri boshqasini nikoh shartnomasi tuzishga majburlashiga yoʻl qoʻyilmaydi. Shu sababli nikoh shartnomasini tuzish yoki uni tuzishni rad etish masalasini er yoki xotin va nikohlanuvchi shaxslar ixtiyoriy va mustaqil hal qiladilar, binobarin bu ularning majburiyati emas, huquqidir.
Ayni paytda, nikoh shartnomasini tuzish erkinligi tamoyili amal qiladi, yaʼni nikoh shartnomasida er-xotinning umumiy xohishi, yaʼni ularning yagona erki ifodalanishi lozim.
Nikoh shartnomasining mazmunini quyidagi holatlar tashkil etishi mumkin:
– er va xotinning birgalikdagi umumiy mulkining qonunda belgilangan tartibini oʻzgartirish;
– er va xotinning barcha mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini oʻrnatish;
– er va xotin mol-mulkining ayrim turlariga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini oʻrnatish;
– er va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini oʻrnatish.
Zarina NURIDDINOVA,
Samarqand shahridagi 2-FHDY bo‘limi mudirasi