Yangiliklar
Viloyat adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda 2026-yilning birinchi yarim yilligida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Hay’at majlisida boshqarmaning tarkibiy bo‘linmalari, tuman (shahar) adliya bo‘limlari, DXM va YXKM, FHDY bo‘limlari hamda mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Abduxalimov tomonidan Payariq tumani “Xalqobod” MFYda sayyor qabul o‘tkazildi.
Dastlab, 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qaror ijrosi yuzasidan adliya bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mas’ullarga hamda mahalla yettiligiga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Sayyor qabul davomida 25 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etdi. Shundan 9 nafar fuqaroning turli masalalardagi murojaatlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 3 ta muammo joyida hal etildi, 6 ta murojaat esa qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga olindi.
Jumladan, qabul davomida fuqaro A.Pning subsidiya masalasidagi murojaati tinglanib, unga amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Мустақиллик: шонли 35 йил, 2001 йилда амалга оширилган айрим муҳим ишлар.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari M.Kurbanov tomonidan Urgut tumani "Istiqlol" mahallasida sayyor qabul o'tkazildi.
Dastlab 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qaror ijrosi yuzasidan adliya bo'limi tomonidan amalga oshirilayotgaan ishlar tahlil qilinib, mas'ullariga hamda mahalla yettiligiga tegishli ko'rsatmalar berildi.
Sayyor qabul davomida 30 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etdi. Shundan 9 nafar fuqarolarning turli masaladagi murojaatlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi hamda 3 ta muammo joyida hal etildi. 10 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga olindi.
Adliya vazirligi tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Adliya ayoli” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda adliya tizimida faoliyat yuritayotgan malakali xodimlar ishtirok etib, belgilangan ikki shart asosida o‘zaro bellashdilar.
Tanlovning birinchi sharti — test sinovi bo‘lib, ishtirokchilarning huquqiy savodxonligi va amaldagi qonunchilikni bilish darajasi sinovdan o‘tkazildi. Ular 30 daqiqa ichida 30 ta test savoliga javob berishlari talab etildi.
Ikkinchi shartda esa ishtirokchilar qonunchilikka oid dolzarb takliflarini taqdim etib, ularni asoslab himoya qildilar.
Tanlov yakunida eng yaxshi natijani ko‘rsatgan Kattaqo'rg'on tuman adliya bo'limi FXDY bo'limi mudirasi N.Bobosherova 1-o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
Мустақиллик: шонли 35 йил, 1999 йилда амалга оширилган айрим муҳим ишлар.
“Inson va qonun” gazetasining 2026-yil 11-avgustdagi navbatdagi sonida viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi N.Fayziyevaning “Raqamli ta’qibga qarshi huquqiy himoya zarur” sarlavhali maqolasi chop etildi.
Mazkur maqolada raqamli muhitda yuzaga kelayotgan ta’qib holatlaridan himoyalanish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda bu boradagi huquqiy himoya mexanizmlari haqida so‘z yuritilgan.
Bu nafaqat bosib o’tilgan yo’lga sarhisob, balki Yangi O’zbekistonning buyuk kelajagi sari tashlangan navbatdagi qat’iy qadamdir.
Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
Мустақиллик: шонли 35 йил, 1998 йилда амалга оширилган айрим муҳим ишлар.
Viloyati adliya boshqarmasida Samarqand tumanlararo iqtisodiy sudi hamkorligida Prezidentimizning 2026-yil 6-maydagi PF–78-son Farmoni va PQ–172-son Qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Unda Samarqand tumanlararo iqtisodiy sudi sudyalari, Adliya vazirligi huzuridagi to‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining Samarqand viloyat hududiy bo‘limi xodimlari, sud boshqaruvchilari, shuningdek, boshqa manfaatdor idoralar vakillari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Seminar davomida mazkur hujjatlarning to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi davlat boshqaruvini takomillashtirish, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda muammoli korxonalarni sog‘lomlashtirishdagi ahamiyati atroflicha tushuntirildi.