Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 701-00-55

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

04
Mahallalarda xavfsiz muhit: "Chumchuqli"da tizimli ishlar oʻrganildi

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Abduxalimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi doirasida Samarqand tumani, "Chumchuqli" MFYda tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida Sh. Abduxalimov mahalla yetakchilari va boshqa manfaatdor tashkilotlar mas’ullari bilan birgalikda profilaktik suhbat o‘tkazdi hamda hududdan adliyaga biriktirilgan nizoli oilalarning muammolarini individual tarzda o‘rgandi.

Shu bilan birga,oilalarni saqlab qolishga qaratilgan aniq amaliy choralar belgilandi hamda ayollar, giyohvandlik va ichkilikka berilgan shaxslar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha har bir mas’ulga batafsil ko‘rsatmalar berildi.

01
Kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatchilikni oldini olish doirasida hududlarda salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi doirasida viloyat  prokuraturasi qoshida tashkil etilgan ishchi guruh shtab  a'zolari  Oqdaryo tumanida qaror ijrosini o'rganmoqda.

Xususan jarayonda,   PQ-1-son qaror ijrosini ta'minlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, ayollar jinoyatchiligi, yoshlar o'rtasidagi huquqbuzarlik, giyohvandlikni oldini olish va nizoli oilalar bilan ishlashda adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar  ham muhokama qilinmoqda.

30
“Yoshlar-giyohvandlikka qarshi”

Payariq tuman adliya bo'limi tomonidan tumanning 2-sonli kasb-hunar maktabida Payshanba – “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yoshlar-giyohvandlikka qarshi” rukni ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, giyohvandlikning inson salomatligi, hayoti va kelajagiga yetkazadigan salbiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Adliya mas'ullari tomonidan yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va boshqa zararli illatlarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

29
Payariq tumanida “Huquqiy maslahat burchagi” — fuqarolar uchun amaliy ko‘mak maydoni

Payariq tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan “Huquqiy maslahat burchagi” fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolarni hal etishda muhim platformaga aylanmoqda.Tadbir davomida Payariq tuman DXM direktori M. Fayzullayev hamda 1-son FHDY bo‘limi mas’ul xodimi Z. Abdurahmanova tomonidan fuqarolarga ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan birlamchi yuridik maslahatlar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida onlayn firibgarlik va kiberjinoyatlarning oldini olishga hamda hududlarda yashirin iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq holatlar yuzasidan aniqlangan faktlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yetkazish tartibi bo‘yicha tushuntirishga qaratilgan buklet va infografik materiallar tarqatilmoqda.

Mazkur tashabbus fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, raqamli xavfsizlik bo‘yicha xabardorligini kuchaytirish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

28
2026-yil 1 maydan

  Qonunchilikka ko‘ra, arxiv xizmatlarini ko‘rsatishda quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi:

talabgorlarni arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazishda tegishli arxiv muassasasi yoki tashkilot rahbarining tavsiya xati;

mavzuli so‘rovlar to‘g‘risida ma’lumotnoma berishda so‘ralayotgan hujjatning nusxasi.

davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalari, shuningdek, Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini O‘zbekistondan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma berishda arxiv hujjatlarini tasarrufdan chiqarish yoki bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tkazish shaklini tasdiqlovchi hujjatlar;

tijorat tashkiloti hujjatlarining belgilangan tartibda davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.

28
"Eng yaxshi huquq o'qituvchisi" respublika ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi

Samarqand shahridagi 45-maktabda “Eng yaxshi huquq o'qituvchisi" respublika ko'rik-tanlovining Samarqand viloyat bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Tanlovda 48 nafar huquq fani o'qituvchilari ishtirok etishmoqda.

Mazkur saralash jarayonidan muvaffaqiyatli o'tganlar keyingi bosqichda o'zaro kuch sinashadi.

27
“Mahalla – barqaror va xavfsiz jamiyat negizi”

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Sattarovning “Inson va qonun” gazetasida mazkur nomdagi maqolasi chop etildi.
Maqolada Prezidentning PQ-1-son qarori ijrosi doirasida mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarning xususan, oilaviy nizolarning oldini olish hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yoritilgan.

24
Mahallalarda sayyor qabullar — muammolarga joyida yechim

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari Sh.Abduxalimov rahbarligida Samarqand shahar “Shukrona” MFYda sayyor qabul tashkil etildi.

Ushbu qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynab kelayotgan masalalar bevosita joyida tinglandi. Har bir murojaat ortida inson taqdiri turgani inobatga olinib, muammolarga alohida e’tibor qaratildi.

Sayyor qabul jarayonida 10 dan ortiq murojaat qabul qilinib, ularning ayrimlari joyida hal etildi, qolganlari yuzasidan esa tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

Fuqarolarga o‘z huquqlari, murojaat qilish tartiblari hamda mavjud imkoniyatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

24
Samarqandda o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga bo'lgan mulk huquqi e'tirof etilgan fuqarolarning soni rasman 9910 nafarga yetdi.

 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining tegishli qarori bilan yana 1501 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylari hamda ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan egalik huquqi rasman e’tirof etildi.

Ma’lumot uchun, “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun ijrosi doirasida shu kunga qadar viloyat bo‘yicha jami 9 910 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari qonuniy asosda tan olingan.

23
“Jamoatchilik ovozi” faoliyati jadal davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, Samarqand viloyatida oilaviy nizolarni kamaytirish, aliment masalalarini tizimli hal etish hamda fuqarolar murojaatlarini kompleks o‘rganishga qaratilgan “Jamoatchilik ovozi” guruhi o‘z faoliyatini boshladi.
Bugungi kunda mazkur tizim doirasida ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Ushbu tashabbus doirasida:
“Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi
 Oila va xotin-qizlar boshqarmasi
 Mahallalar uyushmasi
Adliya boshqarmasi
Ichki ishlar boshqarmasi
Majburiy ijro byurosi (hududiy boshqarmasi)
 Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi
Ijtimoiy himoya agentligi (hududiy boshqarmasi)
Yoshlar ishlari agentligi (hududiy boshqarmasi)
Mусулмонлар идораси (hududiy boshqarmasi)
va boshqa mas’ul idoralar hamkorlikda faoliyat yuritadi.

 Asosiy vazifalari:
oilaviy nizolarning oldini olish
aliment masalalarini tizimli hal etish
ajrimlarning oldini olish va oilalarni yarashtirish
ijtimoiy muammolarni kompleks o‘rganish va bartaraf etish
mahalla darajasida barqaror ijtimoiy muhit yaratish.

“Jamoatchilik ovozi” maqsadi— muammoni yuzaki hal qilish emas, balki uning ildiz sabablarini bartaraf etish hamda oilalarni saqlab qolishdir.