Yangiliklar
Mazkur trening davlat xizmatlari tizimidagi ochiqlikni kuchaytirish, raqamli islohotlarni aholiga sodda va tushunarli yetkazishda media vakillarining o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu esa fuqarolarning davlat xizmatlariga bo‘lgan ishonchi va huquqiy xabardorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi doirasida viloyat prokuraturasi qoshida tashkil etilgan ishchi guruh shtab a'zolari Samarqand tumanida qaror ijrosini o'rgandi.
Xususan jarayonda, PQ-1-son qaror ijrosini ta'minlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, ayollar jinoyatchiligi, yoshlar o'rtasidagi huquqbuzarlik, giyohvandlikni oldini olish va nizoli oilalar bilan ishlashda adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.
Uchrashuvda Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i M.Hatamov hamda O‘zbekiston Notarial palatasi raisi D.Ashurovlar ishtirok etishdi.
O‘tkazilgan yig‘ilishda notariuslarga banklar orqali oldi-sotdi hisob-kitoblarini amalga oshirish (“eskrou”), onlayn notarial harakatlar hamda ijro xatlarini yozish holatlari bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
Notariuslar tomonidan amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar eshitilib, ularning yechimlari bo‘yicha tavsiyalar berildi.
9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Nurobod tuman adliya bo‘limi jamoasi tomonidan tuman markazidagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambar qo‘yildi.
Tadbir davomida Vatan ozodligi, yurt tinchligi va xalqimizning bugungi farovon hayoti yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etildi.
Xotira — muqaddas, qadr esa abadiydir.
Ularning porloq xotirasi qalblarimizda hamisha yashaydi.
9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Nurobod tuman adliya bo‘limi jamoasi tomonidan tuman markazidagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambar qo‘yildi.
Tadbir davomida Vatan ozodligi, yurt tinchligi va xalqimizning bugungi farovon hayoti yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etildi.
Xotira — muqaddas, qadr esa abadiydir.
Ularning porloq xotirasi qalblarimizda hamisha yashaydi.
Jomboy tuman adliya boʻlimi tomonidan 25 yoshga yetgan boʻlsa-da, tugʻilganlik guvohnomasini ololmagan B.Rustamovaning manfaatida fuqarolik ishlari boʻyicha Jomboy tumanlararo sudiga uning tugʻilganlik faktini belgilash yuzasidan ariza kiritildi. Ariza sud majlisida koʻrib chiqilib, sudning hal qiluv qaroriga koʻra, uning tugʻilganlik fakti tasdiqlandi.
Sud qarori asosida Jomboy tuman adliya boʻlimi FHDY organi tomonidan B.Rustamovaga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma tantanali ravishda topshirilib, murojaati ijobiy hal qilinib sudning hal qiluv qaroriga koʻra, uning tugʻilganlik fakti tasdiqlandi.
Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari M.Kurbanov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan Kattaqo'rg'on shahar "Amir Temur" MFYida bo'ldi.
Arxitektura-qurilish universitetida “Pitching day” tadbiri davom etmoqda.
Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Sattarov ishtirok etib, talaba yoshlar tomonidan amalga oshirilgan taqdimotlar bilan tanishmoqdalar.
Yoshlar o‘z biznes g‘oyalari va startaplarini taqdim etimoqdalar.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda 2026-yilning birinchi choragi davomida adliya organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yakuni, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilinmoqda.
Dastlab, kun tartibidagi masala yuzasidan boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari M. Kurbanovning axboroti eshitilmoqda.
“Jamoatchilik ovozi” – oilaviy barqarorlik va hamkorlik
“Jamoatchilik ovozi” tomonidan Nurobod tumanidagi "Sharq Yulduzi" MFYda mahallada yashovchi, turmush qurganiga 5 yilga qadar bo‘lgan yosh oilalarning qaynotalari bilan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida “Jamoatchilik ovozi” guruhi rahbari D.Khushvaktov, a’zolari T.N.Khushmurodov, N.B.Botirova, G.X.Shermatova, tuman FHDY bo‘limi mudirasi Sh.Xudoynazarova, "Buvijonlar maktabi" rahbari O.Juraeva, imom xatib, xoji ota-xoji onalar ishtirok etdilar.