Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 701-00-55

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

10
Ayollar va bolalar huquqlari – doimiy e’tiborda!

Qo‘shrabot tumani Bozorjoy mahallasida tuman hokimi o‘rinbosari S. Maxmudova hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir davomida ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, ularning xavfsizligini ta’minlash hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar keng muhokama qilindi.

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan:

huquqiy savodxonlikni oshirish,
oiladagi sog‘lom muhitni mustahkamlash,
zo‘ravonlikka qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mahalla aholisiga mavjud imkoniyatlar, murojaat qilish tartiblari hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan himoya mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar yetkazildi.

Bunday targ‘ibot tadbirlari jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ayollar va bolalarning huquqlarini ishonchli himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

09
Yoshlar – kelajakning jasur qutqaruvchilari!

“Yoshlar kuni” munosabati bilan Ishtixon tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman MMTBga qarashli 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yosh qutqaruvchi tadbiri o‘tkazildi.

Uchrashuvda maktab o‘quvchilari bilan davra suhbati tashkil qilinib, ularga hayotiy xavfsizlik, jasorat va yosh qutqaruvchi sifatida qanday harakat qilish borasida muhim tavsiyalar berildi. Yoshlar o‘z savol va takliflarini bildirib, tadbirda faol ishtirok etdilar.

Bunday tadbirlar yoshlarda vatanparvarlik, mas’uliyat va qutqaruvchilik ruhini shakllantiradi, ularni kelajakdagi jasur yetakchilarga aylantiradi 

09
Amir Temur tavalludining 690 yilligi

Viloyat adliya boshqarmasida Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Sohibqiron Amir Temurning ibratli hayot yo‘li, davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati va tariximizdagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha fikr yuritildi.

Tadbir yakunida Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan film namoyish etilib, yoshlar qalbida milliy g‘urur, tarixiy xotira va Vatanga sadoqat tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi.

08
“100 ta brend” aksiyasi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasida Adliya vazirligi hamda viloyat hokimligi hamkorligida “100 ta brend” aksiyasi doirasida sayyor qabul o'tkazildi. 

Tadbir davomida tadbirkorlik subyektlariga o‘z brendini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, topshirishdan oldingi birlamchi tekshiruvdan o‘tkazish hamda mavjud muammolar bo‘yicha bepul huquqiy yordam ko‘rsatildi.


07
Tayinlov

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug‘i bilan
Eshmamatov Yusufjon Abdiraxmonovich boshqarmaning Moliya-iqtisod sho‘basi boshlig‘i
lavozimiga tayinlandi.

Yu.Eshmamatov tayinlovga qadar boshqarmaning Moliya-iqtisod sho‘basi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi Yu.Eshmamatovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.

06
Press tur tashkil etildi

Ayni paytda viloyat matbuot uyida viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Sh.Abduxalimov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda

Bugungi matbuot anjumani viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan viloyatda 2026-yil aprel–iyun oylariga mo‘ljallangan media-tadbirlar rejasi doirasida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Ushbu matbuot anjumani aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda aholining huquqiy bilimlarini boyitishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari to‘g‘risida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tаshkil etilmoqda.

04
Kattaqo‘rg‘on tumanida yana 201 nafar fuqaroning mulk huquqi e’tirof etildi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining joriy yil 31-martdagi VII-28-70-7-0-K/26-sonli qaroriga asosan Kattaqo‘rg‘on tumanida 201 nafar fuqaroning yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqi hamda ushbu hududlarda barpo etilgan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqi rasman e’tirof etildi.

Natijada bugungi kunda tumanda jami 673 nafar fuqaro o‘z mulkiga nisbatan to‘liq huquqiy egalik qilish va undan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, tumanda 2024–2026-yillar davomida jami 16 ta mahallada xatlov ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirga qadar 5504 nafar fuqaroning mulklari xatlovdan o‘tkazildi. Ularning 306 nafari belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Bugun Kattaqo‘rg‘on tumanida ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Davlat xizmatlari markazida xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati F.Sirojiddinov, tuman Kengashi raisi D.Ubaydullayev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Teshayev, tuman Kengashi deputati R.Djurayev, tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Sh.Razoqov hamda fuqarolar ishtirokida mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni tantanali topshirish marosimi tashkil etildi.

03
PQ-1 ijrosi yuzasidan joylarda amaliy nazorat olib borilmoqda.

Nurobod tumanida PQ-1 qarori ijrosi yuzasidan viloyat shtabi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganilmoqda.

02
Bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasida “Faxriylar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Sattarov kirish so‘zi bilan ochib berib, yoshlar va faxriylar o‘rtasidagi bunday uchrashuvlar tajriba almashish hamda avlodlar davomiyligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida Samarqand viloyati adliya tizimida uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan faxriy notariuslar, FHDY bo‘limi mudiralari hamda arxiv xodimlari o‘zlarining boy hayotiy tajribalari, kasbiy faoliyatlari davomida orttirgan bilim va ko‘nikmalari, pandu-nasihatlari bilan yoshlar bilan o‘rtoqlashdilar.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan tadbirda yoshlar ham faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, shuningdek, tizimni yanada rivojlantirish yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdilar hamda faxriylarga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

01
“Dolzarb mavzu” – jonli efirda muhim masala muhokama qilindi

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh. Abduxalimov, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i X. Pardayev hamda viloyat soliq boshqarmasi vakili viloyat televideniyasining “Dolzarb mavzu” ko‘rsatuvida jonli efirda ishtirok etdi.

Efir davomida ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari oldi-sotdi shartnomalarida hisob-kitoblarni naqd pulsiz shaklda amalga oshirish tizimi keng muhokama qilindi.

Xususan:
▪️ yangi tartibning mazmun-mohiyati,
▪️ aholiga yaratilayotgan qulayliklar,
▪️ tizimning xavfsizligi va shaffofligi,
▪️ notarial idoralar va banklar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

 Eslatib o‘tamiz, mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoniga muvofiq 2026-yil 1-apreldan kuchga kiradi.