Yangiliklar
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Sattаrov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan Kattaqo'rg'on tuman "Kattaming" MFY hududida mavjud nizoli oila vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuv davomida 6 ta nizoli oilaning oilaviy nizolarning oldini olish, oilani saqlab qolish, er-xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat va totuvlikni mustahkamlash yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik normalari, oilaviy mas’uliyat hamda muammolarni qonuniy va murosali yo‘l bilan hal etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
2026-yil 10-fevral kuni Qo‘shrabot tumani аdliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi hamda tuman Savdo-sanoat palatasi xodimlari tomonidan DXM binosining majlislar zalida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-noyabrdagi PF-214-sonli “Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Farmonga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etilgan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yaratilgan qulayliklar haqida tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan fuqarolarga batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha va tushunarli javoblar berildi.
Sayyor qabul joyi: Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani, “Mayintepa” mahallasi binosi
Sana va vaqt: 20-fevral, soat 11:00
Qabul davomida Samarqand viloyati aholisi hamda tadbirkorlik subyektlari:
davlat xizmatlari ko‘rsatish;
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY);
yuridik xizmatlar;
arxiv faoliyati bilan bog‘liq o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan vazirga murojaat qilishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish:
Qabulda ishtirok etish istagini bildirgan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari +998 55 701-00-55 (ichki raqam - 4004) telefon raqami orqali 19-fevral kuni soat 18:00 gacha ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Sayyor qabul davomida fuqarolarga sayyor tartibda:
davlat xizmatlari,
FHDY xizmatlari,
notarial xizmatlar ko‘rsatiladi.
Hurmatli samarqandliklar!
Mavjud muammolarga qonuniy yechim topish uchun ushbu sayyor qabulda faol ishtirok eting.
Eslatma: Sayyor qabulga bora olmaydigan biroq ro'yxatdan o'tgan fuqarolar onlayn tarzda qabul qilinadi.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi shuni ma'lum qiladiki, haydovchilik guvohnomasini chop etish qurilmasida vujudga kelgan texnik muammo sababli Urgut va Jomboy tumani Davlat xizmatlari markazida namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunaga almashtirish xizmati hozircha amalga oshirilmaydi.
Mazkur xizmatdan foydalanish istagida bo‘lgan fuqarolar o‘zlariga qulay bo‘lgan boshqa tuman yoki shaharlardagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etishlari mumkin.
Samarqand shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaro M.G.ning shahar sog‘liqni saqlash bo‘limida mehnat qonunchiligi buzilayotgani yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.
Aniqlanishicha, fuqaro M.G. Samarqand shahar 10-son oilaviy poliklinikasida hamshira vazifasida ishlab kelgan bo‘lib, 2024-yilda farzandli bo‘lgani munosabati bilan mehnat qonunchiligiga muvofiq homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga, keyinchalik bola parvarishlash ta’tiliga chiqqan.
Shundan so‘ng fuqaro M.G. bola parvarishlash ta’tilidan muddatidan oldin ishga qaytish uchun ish beruvchiga yozma ravishda murojaat qilgan bo‘lsa-da, ish beruvchi tomonidan tegishli buyruq shu kungacha rasmiylashtirilmagan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar adliya bo‘limi tomonidan shahar sog‘liqni saqlash bo‘limiga tegishli taqdimnoma kiritildi va natijada xodimning o‘z ishiga qaytishi ta’minlandi.
Bunda amalga oshirilgan ishlar, faoliyatda yuzaga kelgan kamchiliklar tanqidiy tahlil etilmoqda.
Nikoh shartnomasi — bu er va xotin o‘rtasida tuziladigan, nikoh davrida yoki ajralish vaqtida ularning mol-mulki, daromadlari, qarz va moliyaviy majburiyatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatdir. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi bilan belgilangan me’yorlar asosida tuziladi.
Ushbu shartnoma er-xotinning mulkiy manfaatlarini himoya qilishga, kelajakdagi kelishmovchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Samarqand viloyatidagi FHDY bo‘limlari tomonidan ham fuqarolar o‘rtasida nikoh shartnomasining mazmuni, ahamiyatini tushuntirish maqsadida -targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Targ‘ibot tadbirlari davomida shartnomani qanday tuzish, uning yuridik kuchi, amal qilish muddati va shartlarini bekor qilish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berilib, targ‘ibot materiallari tarqatilmoqda.
Nikoh shartnomasi — bu er va xotin o‘rtasida tuziladigan, nikoh davrida yoki ajralish vaqtida ularning mol-mulki, daromadlari, qarz va moliyaviy majburiyatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatdir. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi bilan belgilangan me’yorlar asosida tuziladi.
Ushbu shartnoma er-xotinning mulkiy manfaatlarini himoya qilishga, kelajakdagi kelishmovchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Samarqand viloyatidagi FHDY bo‘limlari tomonidan ham fuqarolar o‘rtasida nikoh shartnomasining mazmuni, ahamiyatini tushuntirish maqsadida -targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Targ‘ibot tadbirlari davomida shartnomani qanday tuzish, uning yuridik kuchi, amal qilish muddati va shartlarini bekor qilish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berilib, targ‘ibot materiallari tarqatilmoqda.
Ayni paytda viloyat Matbuot uyida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o’rinbosari O.Shodikulov ishtirokida adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlarining 2025 yil yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Ozodjon Shodikulov:
— Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5168-son qaroriga asosan 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab respublikaning butun hududida, shu qatorda Samarqand viloyatida ham 16 ta tuman (shahar)larda adliya bo‘limlari tarkibida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilgan bo'lib, bugungi kunda tuman (shahar)lardagi 2278 ta davlat tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish markazi yuriskonsultlari tomonidan samarali xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
2025 yil davomida “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali jami 723 291 ta hujjat aylanishi kuzatilgan bo‘lib, xodimlar tomonidan yuridik xulosalar berilgan. Shundan 664 655 ta hujjatga ijobiy xulosa berilgan bo‘lib, 64 894 ta hujjat rad etilgan, 408 ta hujjatga salbiy xulosa berilgan.