Yangiliklar
Voyaga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash: siz bunga qanday qaraysiz?
Bugun har bir ota-ona o‘ziga bu savolni berishi kerak.
Ijtimoiy tarmoqlar, zararli kontent, noma’lum begonalar...
Bolalarimiz har kuni shu xatarlar bilan yuzma-yuz. Lekin biz ularni himoya qila olamizmi?
Adliya vazirligi voyaga yetmaganlarning raqamli dunyodagi xavfsizligi mavzusida maxsus ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Atigi 2-3 daqiqangizni ajrating — bu bolalarimizning kelajagi uchun!
So‘rovnomada ishtirok eting:
___________________________
O‘zbek tilidagi so‘rovnoma
Voyaga yetmaganlar uchun → (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeN3kx6cI6fPNbHW0HG_FoFiwm_r7ps5F8O4SWKjZ4xxQ3tbA/viewform)... bu yerda (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeN3kx6cI6fPNbHW0HG_FoFiwm_r7ps5F8O4SWKjZ4xxQ3tbA/viewform)
Ota-onalar uchun → Havola bu yerda (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSf8_DCzjPuCX_uGXkRv87imUu4NaSTaijF3sEpqP60Fm78A5A/viewform)
Анкета на русском языке
Для несовершеннолетних → Ссылка здесь (https://docs.google.com/forms/d/1mo9FF-1k7O_BDHvMrX0rb9BOhIL_od8CmqLSha5W6zc/edit)
Для родителей → Ссылка здесь (https://docs.google.com/forms/d/1__wO6kSuW4-iNyTlnWatfs2Cf6uhNosLbTh1ZS2j8Tw/edit)
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug‘i bilan Isoqov Behruz Baxodirovich Payariq tuman adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
B.Isoqov tayinlovga qadar Samarqand shahar adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti lavozimida faoliyat yuritgan.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi B.Isoqovni kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
Ayni paytda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi binosida “Mustahkam oila – farovon jamiyat” mavzusida muhim seminar bo'lib o'moqda.
Tadbirda shahar va tuman hokimliklari, FHDY bo‘limlari, mahalla faollariishtirok etmoqda.
Seminar maqsadi:
— oila munosabatlarini huquqiy jihatdan mustahkamlash
— erta nikohlarning oldini olish
— nikohni qonuniy rasmiylashtirish va nikoh shartnomasining ahamiyatini tushuntirish
— ajralishlar sonini kamaytirish masalalarini muhokama qilish
Tadbirni Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Z.Saidova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, Demokratiya va inson huquqlari Instituti direktori S.Xodjayeva, viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari O.Shodiqulov, inson huquqlari va diniy soha vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.
Unda viloyatda faoliyat yuritayotgan notariuslar hamda 9 ta davlat banklari vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Sattarov hamda Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i Х. Pardayev tomonidan javoblar berildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoniga muvofiq 2026-yil 1-apreldan joriy etiladi.
Muhokamalar davomida:
aholi va tadbirkorlarga sifatli xizmat ko‘rsatish,
notarial idoralar va banklar uzluksizligini ta’minlash,
hisob-kitoblarni sodda va xavfsiz tashkil etish,
axborot tizimlarini integratsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Dastlab 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qaror ijrosi doirasida adliya boshqarmasi boshlig‘iga biriktirilgan nizoli oilalarning huquqiy muammolari bo'yicha adliya bo'limi mas'ullariga ko'rsatmalar berildi.
Sayyor qabul davomida 20 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etdi. Shundan 8 nafar fuqarolarning turli masaladagi murojaatlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi hamda 1 ta muammo joyida hal etildi. 10 ga yaqin murojaat qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga olindi.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Sattarov ishtirokida yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda yosh xodimlar o‘z savollari bilan chiqishdi, fikr va takliflarini bildirdilar hamda tajriba almashildi.
Shuningdek, tuman va shahar adliya bo‘limlariga ishga qabul qilingan yosh xodimlarga esdalik sovg‘alari hamda rag‘batlantiruvchi sovg‘alar topshirildi.
Tadbir yoshlarni kasbiy faoliyatga ilhomlantirish va ularning tashkilotdagi faolligini oshirishga xizmat qildi.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasida yosh xodimlar ishtirokida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshligi
S.Sattarov ishtirok etdi va yoshlar bilan samimiy muloqot olib bordi.
Uchrashuvda ayniqsa tizimda endigina ish boshlagan yosh xodimlar uchun motivatsiya va yo‘nalishlar muhimligi ta’kidlandi. S. Sattarov yoshlarni har bir vazifa va topshiriqni mas’uliyat bilan bajarishga, o‘zini rivojlantirish va yangi bilimlarni doimiy o‘zlashtirishga chaqirdi. Shuningdek, u tashabbuskor bo‘lish, jamoaga foydali fikrlar ilgari surish va mehnat orqali kasbiy o‘sishga erishish muhimligini ta’kidladi.
“Yoshlar – kelajagimizning poydevori. Har biringizning kuchingiz va intilishlaringiz tashkilotimizni yanada kuchli qiladi,” – deya S.Sattarov so‘zlarini yakunladi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand arxitektura-qurilish universitetida adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Adliya vazirligi hamda viloyat adliya boshqarmasi rahbar va mas’ul xodimlari ham qatnashdi.
Sayyor qabul davomida tadbirkorlik subyektlari duch kelayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi, ularning huquqiy yechimlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Natijalar:
40 ga yaqin murojaat ko‘rib chiqildi;
32 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi;
1 ta muammo joyida hal etildi;
7 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga olindi.
Bunday sayyor qabullar tadbirkorlar muammolarini joyida hal etish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Oqdaryo tumanida yosh oila quruvchilar ongiga milliy qadriyatlarni singdirish, ularni oilaviy munosabatlar, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari hamda nikoh shartnomasi mazmun-mohiyati, nikoh haqidagi guvohnomadan farqi, shakli va qonuniy kuchga kirish vaqti to'g'risida bilim-konikmalarini shakllantirish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Bugun Oqdaryo tuman FHDY bo‘limi tomonidan tuman oila va xotin-qizlar boʻlimi hamda "Oqila ayollar" harakati yetakchisi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur o‘quv mashg‘ulotidan so‘ng yosh oila quruvchi juftliklarga sertifikatlar topshirildi.
Jumladan, tumanda joylashgan Davlat xizmatlari markazi binosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2026-yil 11-martdagi 91-sonli buyrug‘iga asosan “Xotin-qizlar huquqlari kafolati” aksiyasi doirasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur yarmarkada ish izlayotgan xotin-qizlar o'zlariga munosib ish topish imkoniyatlariga ega bo'lishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga mehnat qonunchiligi, ishga joylashish tartibi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo‘yicha ham zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.