Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

“KORRUPSIYA VA JAMIYAT” MAVZUSIDA O‘TKAZILGAN INSHOLAR TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI


Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi” binosida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, viloyat xalq talimi, viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, oliy ta’lim muassasalari bilan hamorlikda BMT Rivojlanish dasturining “O’zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi homiyligida
yoshlarning korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” nomli insholar tanlovining viloyat bosqichi o’tkazildi.

      Viloyat bosqichida ishtirokchilar “Korrupsiya va jamiyat” mavzusida insho yozishdi.

      Tanlov natijalariga ko’ra, insholar tanlovining viloyat bosqichida quyidagi o’quvchi va talabalar g‘oliblikni qo’lga kiritdilar.

Birinchi guruh - o‘rta ta’lim maktablarining 8-11 sinflari hamda litsey va kollej o‘quvchilari o‘rtasida;

I o‘rin Abdurazzaqova Kumush – Oqdaryo tumanidagi 17-maktabning 11-sinf o‘quvchisi;

II o‘rin Quvvatova Nigina – Pastdarg‘om tumanidagi 28-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi;

III o‘rinni Sardor Xayrullayev – Kattaqo‘rg‘on shahridagi 11- ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi egalladi.

Ikkinchi guruh- Oliy ta’lim muassasalarining talabalari o‘rtasida;

I o‘rin Nomozova Madina – Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali talabasi;

II o‘rin Hasanboyeva Gavharoy – “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti talabasi;

III o‘rin Boymanov Sohib – Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti talabasi qo‘lga kiritdi.

G‘oliblarni samimiy qutlaymiz va ularga tanlovning yakuniy respublika bosqichida ham zafarlar tilab qolamiz!