Янгиликлар
USTOZ, 70 YOSHINGIZ MUBORAK BO‘LSIN !
Bugun (17.08.2021) uzoq yillar davomida davlat boshqaruv organlarida, adliya organlarida, shuningdek sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarda samarali mehnat faoliyatini olib borgan, davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuzridagi Jamoatchilik kengashi raisi, adliya faxriysi Mardiyev Alisher Mardiyevich muborak 70 yoshni qarshi oldi.
Ushbu sana munosabati bilan adliya vaziri o‘rinbosari A. Tashkulov tomonidan adliya vazirining tabriknomasi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, Adliya vazirligi huzuridagi Faxriylar kengashi a’zolari va viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyev tomonidan samimiy tilaklar bildirildi.
Ma’lumot o‘rnida A. Mardiyev 1968-1973-yillarda Toshkent Davlat universitetining talabasi, 1973-1975-yillarda Paxtachi tuman prokurorining yordamchisi, 1975-1978-yillarda Jizzax tuman prokuraturasining tergovchisi, 1978-yilda (yanvar-mart) Pastdarg‘om tuman prokurorining yordamchisi, 1978-1990-yillarda Samarqand viloyat sudining a’zosi, raisining o‘rinbosari, raisi, 1990-1991-yillarda Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi raisining o‘rinbosari, 1991-1992-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezident apparati davlat huquqiy organlar bo‘limining mudiri, 1992-1993-yillarda Samarqand viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, 1993-1995-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri, 1995-1998-yillarda Samarqand viloyati hokimi, 1999-2005-yillarda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, boshlig‘i, 2005-2006-yillarda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudining raisi, 2006-2011-yillarda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Yana bir bora, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Ustoz – A. Mardiyevni tavallud ayyomi bilan muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, xonadoniga to‘kin-sochinlik va qut-baraka tilaydi.