Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Yosh saylovchi - 2021" forumi Samarqandda


          Yoshlarning saylov haqidagi bilimlarini boy etish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Yosh saylovchi - 2021" forumi Samarqand viloyatida ham bo'lib o'tdi. Dastlab mas'ullar Markaziy harbiy okrug kichik mutaxassislar tayyorlash markazida bo'lishdi va yosh harbiylar bilan uchrashdi, saylov targ'iboti amalga oshirildi. Aksiyaning asosiy tadbirlari Samarqand shahridagi “Alisher Navoiy“ nomli markaziy istirohat bog'ida bo'lib bo'tdi va loyiha doirasida "O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” shiori ostida insholar tanlovi, “Munozara” intellektual bellashuvi, yutuqli viktorina, yoshlarning huquqiy savodxonligini aniqlashga qaratilgan “Siz bilasizmi?” televizion o‘yini va "O'zbekiston uchun 100 g'oya" loyihasi o‘tkazildi. Samarqand yosh saylovchilariga saylov jarayoni haqida muntazam ma’lumot berib boruvchi yoshsaylovchi.uz elektron platformasi taqdimoti bo'lib o'tdi.