Янгиликлар
18
230 million so‘mlik maosh asossiz to‘lanmagani aniqlandi
Adliya bo'limiga tumanda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta'lim muassasalaridan jamoaviy murojaat tushdi. O'tkazilgan o'rganish davomida 27 nafar xodimning oylik maoshi asossiz ravishda to'lanmay kelgani ma'lum bo'ldi. Holat yuzasidan fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo sudda ariza kiritildi. Natijada, xodimlarning qonuniy manfaati munosib himoya qilindi va 230 million 937 ming so'mlik ish haqlari undirib berildi.