Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Toyloq va Urgut tumanlarida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilmoqda


          O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-son qarori bilan Respublikaning barcha hududlarida 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilishi belgilangan. Mazkur qarorga asosan joriy yilning 29-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ishchi guruhi a’zolarining Samarqand viloyatiga tashrifi jarayonida tashkil qilinayotgan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari binosi, u yerda markaz xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar va mavjudmoddiy-texnik jihozlari bilan tanishib chiqdilar. Bugun Samarqand viloyati Toyloq tumanida vazirlikning ishchi-guruh a’zolari tomonidan seminar tashkil etilib, seminarda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etishning huquqiy asoslari, maqsadi, qulayligi, soha vakillariga qo‘yilayotgan me’yorlar, tashkilot va muassasalar bilan huquqiy axborot almashinuvining zamonaviy mexanizmi haqida ma’lumot berib o‘tildi. Shuningdek, markaz xodimlari va markaz tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot xodimlariga “E-huquqshunos” elektron tizimida ishlash va
undan foydalanish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi
 .