Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Ustozlar – faxrimiz


           Mana bir necha yillardan beri Samarqand viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan bayramlar va alohida sanalar oldidan adliya organlarida ko‘p yillar davomida mehnat qilgan, ko‘plab shogirdlarni yetuk kadr sifatida yetkazib bergan ustoz-faxriylar holidan xabar olish odatga aylangan. Ushbu an’anani davom ettirish va ularni 1-oktyabr – “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan tabriklash maqsadida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyev, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari J. Zohidov, Davlat xizmatlri agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i M. Qurbonov, shuningdek Notarial palataning Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i U. Murtazayev, shuningdek boshqa mas’ullar adliya tizimida uzoq yillar davomida faoliyat yuritgan faxriylar bilan uchrashib, ularga bayram sovg‘alari, tashakkurnomalar va vazirlik tomonidan ajratilgan pul mablag‘larini topshirdilar. Soha fidoiylarini rag‘batlantirib va ularni moddiy qo‘llab quvvatlanayotganidan minnatdor bo‘lgan faxriylar Adliya vazirligi va boshqarma xodimlarini kasb-korlariga baraka tilab, xayrli ishlarini bardavom bo‘lishiga ishonch bildirib, qo‘llarini duoga ochdilar.