Янгиликлар
Notariuslarning lisenziyalarining amal qilish muddati to'xtatildi
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2021-yil 14-oktyabrdagi qaroriga asosan o‘z faoliyatlarida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklari uchun
- Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius J.Baxromovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyasining amal qilishi 1 oyga;
- Samarqand tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius M.Normatovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyasining amal qilishi 1 oyga;
- Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius S.Raxmanovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyasining amal qilishi 1 oyga;
- Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius M.Kadirovaga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyasining amal qilishi 2 oy muddatga to‘xtatildi.