Янгиликлар
Qo'shrabot tuman adliya bo'limining aralashuvi bilan xodimlarning buzilgan huquqlari tiklandi
Qo‘shrabot tuman adliya bo'limi tomonidan tuman xalq ta’limi bo‘limida sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi o‘rganildi. O‘rganish davomida tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan 2020-yilning yanvar-mart oylarida “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori va direktor o‘rinbosari, to‘garak rahbarlariga ularning bazaviy tarif stavkalari oshirilmagan holda ish haqlari to‘langanligi aniqlandi. Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4467-son Qarorida 2020-yil 1-yanvardan boshlab “Barkamol avlod” bolalar maktablari xodimlari, xususan direktor va direktor o‘rinbosarlariga to‘lanadigan lavozim maoshlarining bazaviy tarif stavkalari 1,55 baravarga, to‘garak rahbari uchun 1,5 baravarga oshirilishi belgilangan. Yuqoridagilarga asosan, Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi tomonidan to‘lanmay qolgan ish haqlarini undirish bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudiga kiritilgan arizasi qanoatlantirilib, tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining zimmasiga 2020-yilning yanvar-mart oylarida xodimlarga to‘lanmay qolgan 36 188 513 so‘mlik ish haqlarini to‘lab berish majburiyati yuklatildi.
Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi
yetakchi maslahatchisi Nurjahon Murodullayev