Янгиликлар
09
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Samarqand viloyati “SHERDOR” xokkey klubi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Samarqand viloyati “SHERDOR” xokkey klubi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Mazkur xokkey klubining asosiy maqsadi Samarqand viloyatida xokkey sport turini ommalashtirish va rivojlantirish, aholini, ayniqsa yoshlarni xokkey bilan shug‘ullanishga jalb qilish, xokkey bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish, sport sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hisoblanadi. Qayd etish joizki, klub viloyatimizda muz ustidagi dastlabki xokkey klubi hisoblanadi hamda mazkur sport turi muxlislari, aholining keng qatlami havaskor va professional tarzda bo'sh vaqtlarini unumli o'tkazishlariga xizmat qiladi.