Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Asossiz soliq qarzi bekor qilindi


          Narpay tuman “Salovat” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro J. Usmonov Narpay tuman Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan notoʻgʻri soliq qarzi hisoblanib, unga nisbatan gʻayriqonuniy talabnoma yuborilganligi yuzasidan amaliy yordam berishni soʻrab 2021-yil 15-noyabr kuni yoʻllagan murojaati Narpay tumani adliya bo`limi tomonidan oʻrganib chiqildi. O‘rganish davomida, J.Usmonov Samarqand shahar M.Ulugʻbek koʻchasida joylashgan 116-uy 60-kvartirani 2019-yil 17-iyulda L.Amalovadan notarial tartibda 212 000 000 soʻmga sotib olganligi hamda ushbu koʻchmas mulkni 2020-yil 5-iyunda M.Ashurovaga notarial tartibda 120 000 000 soʻmga (xarid qilingan narxidan 92 000 000 so‘m past narxga) sotganligi aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 375-moddasi 4-bandiga binoan soliq toʻlovchiga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar yaʼni, mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi mulkiy daromadlar tarkibiga kirishi belgilab qoʻyilgan. Biroq, fuqaro J.Usmonov mazkur koʻchmas mulkni sotish orqali mulkiy daromad ko‘rmagan bo‘lishiga qaramasdan tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan Soliq kodeksining tegishli moddalariga asosan 21 430 426 (yigirma bir million to‘rt yuz o‘ttiz ming to‘rt yuz yigirma olti) soʻm asosiy qarz hamda belgilangan muddatlarda soliqlar toʻliq toʻlanmaganligi uchun 1 835 730,26 soʻm miqdorida penya hisoblangan. Narpay tuman adliya bo‘limi tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida fuqaro J. Usmonovga nisbatan hisoblangan jami 23 266 156 (yigirma uch million so‘mdan ortiq) so‘m asossiz qarzdorlik hisobdan chiqarilishi ta’minlandi.

 

 Narpay tuman adliya
 bo‘limi boshlig‘i Jasur Qilichev