Янгиликлар
RASMIY MUNOSABAT
Assalomu alaykum, hurmatli fuqarolar !!!
Joriy yilning 28-noyabr kuni faceebook ijtimoiy tarmog‘iga Samarqand shahridaги “Ishga marhamat” monomarkaziga kasbga yo’naltirilgan fuqarolarga stipendiya to’lab berilmaganligiga oid joylashtirilgan ma’lumotlar Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tezkorlik bilan o‘rganib chiqildi.O‘rganish davomida Samarqand shahar aholi bandligiga ko’maklashish markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida Samarqand shahrida yashash manzil bo’yicha ro’yxatga olingan ishsiz fuqarolar “Ishga marhamat” monomarkaziga kasbga yo’naltirilgan. Ushbu nizomning 37-bandiga asosan ishsiz shaxslarga mahalliy mehnat organlarining yo‘llanmasi asosida kasb-hunarga o‘qitish davrida stipendiya to‘lanishi kafolatlangan bo‘lsa-da, kasbga yo‘naltirilgan 98 nafar ishsiz fuqarolarga jami 87 mln 851 ming 716 so‘m miqdoridagi stipendiya to‘lab berilmaganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Samarqand shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga 98 nafar kasbga yo‘naltrilgan ishsiz fuqarolarga yuqori keltirilgan pul mab’lag‘larini to‘lab berish to‘g‘risida tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi hamda qisqa muddat ichida ushbu mablag‘lar to‘lanishi nazoratga olinganligi ma’lum qilinadi.
Hurmatli fuqarolar, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tariladigan inson huquqlari bilan bog’liq bo’lgan hamda qonun hujjatlariga rioya etilishiga oid har qanday masalalar Samarqand viloyat adliya boshqarmasining doimiy e’tibor markazida ekanligi, shuningdek ushbu masalalarni tezkorlik bilan hal etish choralarni ko‘rish adliya organlarining ustuvor vazifalaridan biri ekanligi yana bir bor eslatiladi.