Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

FERMERGA KREDIT AJRATILDI


       Ма’lumki, Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning iyun oyida fermer xo‘jaliklarining huquq va manfaatlariga rioya etilishi ahvolini o‘rganish, huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish orqali sohani tubdan isloh qilish, fermer xo‘jaliklarining iqtisodiyot va jamiyatdagi mavqieni oshirish maqsadida “Fermerga madad” huquqiy aksiyasiga start berilgan. Mazkur aksiya doirasida respublikaning butun hududida, shu jumladan Samarqand viloyatida ham adliya organlari tomonidan fermer xo‘jaliklari bilan doimiy ravishda uchrashuvlar o‘tkazilib, fermer xo‘jaliklarini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning noyabr oyida Jomboy tuman adliya bo‘limiga tumandagi “Shaxzodbek chorvasi” fermer xo'jaligi tomonidan baliqchilikni rivojlantirish maqsadida kredit ajratilishida amaliy yordam berishni so‘rab, murojaat qilingan. Mazkur murojaatga asosan tuman adliya bo‘limi tomonidan fermer xo‘jaligi manfaatini ko‘zlab, Aksiyadorlik tijorat Agrobankning Jomboy tuman filialiga xat yuborildi. Natijada, bank tomonidan “Shaxzodbek chorvasi” fermer xo‘jaligiga 245 mln so‘m miqdorida kredit ajratilishi ta’minlandi.

M. Usmonov.
Jomboy tuman
adliya bo‘limi boshlig‘i