Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

"Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.


        2021-yil 29-sentyabrda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Samarqand viloyati hokimligi o‘rtasida tasdiqlangan “Samarqand viloyati hokimi, shaharlar va tumanlar hokimlari hamda viloyatdagi korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida 2021-yilning oktyabr-dekabr oylarida o‘tkaziladigan Media-tadbirlari rejasi”siga asosan joriy yilning 3 dekabr kuni viloyat adliya boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi. Ushbu “ochiq eshiklar” kuni tadbirida tashrif buyuruvchilar adliya organlari faoliyati bilan bevosita yaqindan tanishdilar. Boshqarmaning har bir bo‘lim bilan faoliyati, shuningdek fuqarolarni qabul qilish xonalari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarining qizqtigan savollarga javoblar olishdi. Ochiq eshiklar kuni yakunida Samarqand viloyat Jurnalistlar maktabi o‘quvchilariga boshqarmaning Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i O. Muhammadiyev tomonidan jurnalistika sohasida eng ko‘p kerak bo‘ladigan qonun hujjatlari yuzasidan seminar tashkil etildi.