Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

RASMIY MUNOSABAT


       

       Joriy yilning 16-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida 1 million dasturchi IT tanlovi g‘olibiga ishlatilgan notebook sovg‘a qilinganligi yuzasidan muhokamaga sabab bo‘layotgan ma’lumotni o'rganib chiqish maqsadida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tashkil qilinib, o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Holatni o‘rganish natijasida qo‘shimcha rasmiy munosabat beriladi.
           Eslatib o'tamiz O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga asosan ishni eng yaxshi bajarganlik yoki boshqa natijalarga erishganlik uchun pul mukofoti to‘lash yoki boshqa mukofot berish to‘g‘risida oshkora (ommaviy) tanlov e’lon qilgan shaxs tanlovni o‘tkazish shartlariga muvofiq uning tanlov g‘olibi deb topilgan shaxsga shartlashilgan mukofotni to‘lashi lozimligi belgilangan.