Янгиликлар
E'TIROF
O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyat hokimi Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, shuningdek norma ijodkorligi sohasini rivojlantirishda qo‘shayotgan hissasi uchun “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Samarqand viloyat adliya boshqarmasi Erkinjon Oqbo‘tayevichni ushbu e’tirof bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi faoliyatiga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.