Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Xodimlarning ish haqlari to'lab berilmagan


           Qo‘shrabot tuman adliya bo'limi tomonidan tuman xalq ta’limi bo‘limida sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi o‘rganildi. O‘rganish davomida tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan 2019, 2020 va 2021-yillar davomida xalq ta’lim bo‘limiga qarashli maktablardagi kadrlar inspektori va xo‘jalik ishlar mudirlariga ularning yagona ta’rif razryadlari oshirilmagan holda ish haqlari to‘langanligi aniqlandi. Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq xo‘jalik ishlar mudiriga 7 razryad bilan oliy ma’lumotli bo‘lmagan inspektoriga 6 razryad va oliy ma’lumotlilarga esa 7 razryad bilan to‘lovlarni amalga oshirilishi belgilangan.
Yuqoridagilarga asosan, Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi tomonidan to‘lanmay qolgan ish haqlarini undirish bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudiga kiritilgan arizasi qanoatlantirilib, tuman xalq ta’limi bo‘limining zimmasiga 2019, 2020 va 2021-yillar davomida to‘lanmay qolgan 35 nafar xodimlarga 121 564 897 so‘mlik ish haqlarini to‘lab berish majburiyati yuklatildi.

          Qo‘shrabot tuman adliya  bo‘limi
          yetakchi maslahatchisi Nurjahon Murodullayev