Янгиликлар
“Prava”ni yangisiga almashtirish uchun qayta imtihon topshirish kerak emas!
So‘ngi paytlarda Davlat xizmatlari markazlarida uzun navbatlar kuzatilmoqda. Buning sababi o‘rganilganda, tashrif buyuruvchilar orasida haydovchilik guvohnomasini hujjatning yangi namunadagisiga almashtirish muddati joriy yilning 1 martiga qadar ekanligi hamda shundan keyin haydovchilik guvohnomalarini almashtirishda qayta imtihon topshirish kerak bo‘ladi, degan noto‘g‘ri maʼlumot tarqalganligi bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi.
Aziz haydovchilar!
Bu maʼlumot mutlaqo o‘rinsiz!
Aholiga qulay bo‘lishi uchun, eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish 2022 yil 31 dekabrga qadar davom etadi.
Qayta imtihon varaqasi talab etilmaydi.
Eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:
● 2010 yilgacha berilganlari – 2022 yil 31 martgacha;
● 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 iyungacha;
● 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 sentyabrgacha;
● 2015 yildan keyin berilganlari – 2022 yil 31 dekabrgacha.
Bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlarida eski namunadagi haydovchilik guvohnomangizni hujjatning yangi namunadagisiga almashtirish imkoni yaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, xizmatdan foydalanish uchun ro‘yxatdagi IIBB YHXB bo‘limlariga (https://docs.google.com/.../1ZpkDS9WekNrPeHYF.../mobilebasic) ham murojaat qilishingiz mumkin.