Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Butun jahon Intellektual mulk tashkiloti hamda O‘zbekiston Respublikasi hamkorligining yangi bosqichi


      Butun jahon intellektual mulk tashkiloti intellektual mulkni muhofaza qilish sohasidagi birinchi xalqaro tashkilotdir. U amalda 1893 yilda diplomatik konferensiyada Adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish to‘g‘risidagi Bern konvensiyasi va Sanoat mulkini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Parij konvensiyasining ma’muriy vazifalarini bajaruvchi ikkita byuro BIRPI (intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha birlashgan xalqaro byurolar) deb nomlanadigan yagona muassasaga birlashishi natijasida tashkil qilingan. Mazkur tashkilotning as’osiy vazifasi va maqsadi davlatlar va xalqaro tashkilotlarning hamkorligi orqali intellektual mulkini muxofaza qilishga koʻmaklashishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi ham o‘z mustaqilligiga erishgach barcha sohalarda chuqur demokratik islohatlarni amalga oshira boshladi, bu es o‘z navbatida mamlakatimiz o‘z Konstitutsiyasi va qonunlarini xalqaro mezonlar darajasiga yetkazishdagi muhim qadamlar bo‘ldi. Har bir chet mamlakatning huquq tizimida o‘ziga xos xususiyatlar mavjud. Shunday ekan Mamlakatimiz ham o‘z qonunlarini xalqaro meyyoriy hujjatlaarga moslashtirish ishlari amalga oshirildi. Shular qatorida intellektual mulk sohasida ham bu ishlar olib borildi va olib borilmoqda. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi 1991-yil 25 –dekbrda Butun jahon intellektual mulk tashkilotiga a’zo davlatlar qatoriga qo‘shildi. Bu esa mamlakatimiz chet mamlakatlar bilan iqtisodiy va savdo munosabatlarini faol amalga oshirishi uchun muhim omil bo‘ldi. So‘ngi yillarda Butun jahon intellektual mulk tashikiloti bilan hamkorlikni yangi bosqichga chiqarish uchun Prezidentimiz tomonidan bir qator qarorlar qabul qilindi. Jumladan, 2019-yil 8-fevraldagi “Intellektuаl mulk sohаsidа dаvlаt boshqаruvini tаkomillаshtirish chorа-tаdbirlаri toʼgʼrisidа”gi PQ-4168-son qarori, 2019-yil 1-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4380 -sonli "O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g'risida" qarorilarini keltirsak bo‘ladi Mazkur ikki qarorga ko‘ra Mamlakatimizda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish boʼyicha olib borilayotgan islohotlarni davom ettirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni hisobga olib Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi tarkibiga o‘tkazildi va shundan so‘ng Intellektual mulk sohasi bo‘yicha Butun jahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi. Jumladan, 2017 yilda Butun jahon intellektual mulk tashkiloti bilan Intellektual mulk Agentlik qoshidagi Intellektual mulk sohasidagi kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi. Ushbu ko‘mak doirasida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar taqdim etilmoqda, o‘quv auditoriyalari texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda, o‘qituvchilar qayta tayyorlanmoqda, hamda markaz tashkil qilayotgan turli tadbirlarga chet ellik mutaxassislar jalb qilinmoqda. O‘quv markazi negizida Agentlik bilan birgalikda Butun jahon intellektual mulk tashkilotining Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi (TIQQM) ochildi, va u o‘z navbatida Respublika bo‘yicha universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlaridagi TIQQM boshqarib boradi. TIQQM yuqori sifatli texnik ma’lumotlar va ular bilan bog‘liq xizmatlardan foydalanish imkonini beradi, va shu bilan birga, ijodkorlarga o‘z salohiyatlarini ochish, muhofazani ta’minlash va o‘z huquqlarini boshqarish imkonini yaratadi. Hozirgi kunda respublika bo‘yicha 8 ta TIQQM faoliyat yuritib kelmoqda. Bundan tashqari, 2021 yil 28 yanvarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4965-sonli qarori qabul qilinib, mazkur qarorga binoan, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda “Intellektual mulkni rivojlantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi”ni ishlab chiqilmoqda, bunda rivojlangan mamlakatlarning tajribasi asos sifatida olinmoqda. Shuningdek, qarorga binoan eng yaxshi intellektual mulk obyektlari yaratuvchilarini Agentlik tomonidan Butunjahon intellektual mulk tashkilotining maxsus mukofotlariga taqdim etish joriy qilindi. Shuningdek, Butunjahon intellektual mulk tashkilotining masofaviy o‘qitish tizimi asosida Intellektual mulk agentligi veb-sahifasida masofaviy o‘qitish tizimini joriy etildi. Xulosa o‘rnid shuni aytish kerakki, Mamlakatimizda Intellektual mulk sohasi bo‘yicha olib borilaydigan ishlar va mazkur soha bo‘yicha Butun jahon intellektual mulk tashkilotoi bilan yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorliklar mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini oshirishga va o‘zimizning milliy mahsulotlarimizni jahon bozoriga olib chiqishga xizmat qiladigan muhim omil sanaladi.

  Samarqand viloyat Intellektual mulk himoyasi
  markazi yetakchi mutaxassisi Hasan Uzoqov