Янгиликлар
ADLIYA VAZIRI O‘RINBOSARI URGUTLIKLARNING MUAMMOLARINI O‘RGANDI
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan respublikamizning olis va chekka hududlarida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar oʻtkazilib, ularning muammolari tinglanmoqda. Ana shunday qabullarning navbatdagisi Urgut tumaning “Kenagas” mahallasida boʻlib oʻtdi. Muloqotlar davomida adliya vaziri o‘rinbosari A. Muxammadiyev fuqarolarning uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik, kredit olish, aliment undirish, pensiya va nafaqa tayinlash, bandlik singari masalalardagi 70 dan ortiq murojaat egalarining muammo va shikoyatlarini tingladi. Muhimi, mazkur murojaatlarning asosiy qismi shu joyning o‘zida o‘z yechimini topdi. Jumladan, 10 ta murojaat yuzasidan huquqiy yordam ko‘rsatildi, oʻrganish talab qiladigan 30 ta murojaat ish yurituviga qaratildi.