Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

E'LON


Samarqand viloyat adliya boshqarmasida ichki tanlov o‘tkazish to‘g‘risida

E’LON

Ichki tanlov o‘tkazilayotgan tuman (shahar) adliya bo‘limlari bo‘yicha lavozimlar:

Hudud nomi

Lavozim

Adliya bo‘limi boshlig‘i

1.

Paxtachi tumani

1

2.

Kattaqo‘rg‘on shahar

1

 

Ichki tanlov o‘tkazilayotgan tuman (shahar) adliya bo‘limlari Davlat xizmatlari markazi bo‘yicha lavozimlar:

Hudud nomi

Lavozim

Davlat xizmatlari markazi direktori

1.

Urgut tumani

1

2.

Nurobod tumani

1

3.

Qo`shrobot tumani

1

4.

Bulung`ur tumani

1

Ichki tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlarga qoʻyiladigan lavozim boʻyicha talablar;

·                        adliya boʻlimi boshligʻi lavozimiga – oliy yuridik maʼlumotga ega, ushbu mutaxassislik boʻyicha adliya organlari va muassasalarida kamida 3 yildan buyon ishlab kelayotgan, mehnat unumdorligi va samaradorlik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan xodimlar;

·                        davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga – oliy maʼlumotga ega, adliya organlari va muassasalarida kamida 3 yildan buyon ishlab kelayotgan, mehnat unumdorligi va samaradorlik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan xodimlari.

 

Murojaat muddati va manzil:

      Nomzodlar 2022-yil 20-may kuni soat 18:00 qadar quyidagi hujjatlarni Samarqand viloyat adliya boshqarmasi Inson resurslari bo‘limiga taqdim etishlari so‘raladi:

Ariza - ichki tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar eʼlonda koʻrsatilgan muddatda komissiya kotibiga murojaat qiladi va komissiya kotibi ularni elektron reestrga kiritib qoʻyadi.

Nomzod tomonidan bir yil davomida amalga oshirgan ishlari qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha berilgan takliflari va tashabbuskorlik ishlari, statistik koʻrsatkichlari aks etgan ma’lumotlar.

 

Nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish mumkin.

 

Ma’lumot uchun telefon, 97-406-60-55, e-pochta samarqand@adliya.uz

·     Tanlov Samarqand viloyat adliya boshqarmasi binosida o‘tkaziladi    
(Manzil: Samarqand shahar Bobir Mirzo ko`chasi 12-uy, Mo'ljal: “Shifonur” ko`z kasalliklari klinikasi).

· Ichki tanlov jarayonlarini audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi.

·     Ichki tanlov o‘tkazish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.