Bog'lanish

Telefon
(+998 66) 233-13-59

Elektron manzil
samarqand@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Jazoni ijro etish maskanida uchrashuv o'tkazildi


Joriy yilning 20-aprel kuni Samarqand shahar Farxod qo'rg'onida joylashgan IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga qarashli 38-son manzil koloniyasida saqlanayotgan xotin-qizlar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Muassasa rahbariyati, viloyat adliya boshqarmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi mas'ul xodimlari ishtirokida bo'lib o'tgan davra suhbatida ayollarning kelgusidagi bandlik holati, ijtimoiy hayotga moslashuvi yuzasidan bildirilgan savol va takliflarga mas'ullar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.