Янгиликлар
19
Aholining huquqiy savodxonligini oshirish yo'lida
Qo'shrabot tumani Yoshlar ishlari agentligi va tumandagi 45 ta mahalla yoshlar yetakchilari bilan “Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar” muhokamasida Qo'shrabot tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Konstitutsiyaviy islohatlar va kiritalayotgan o‘zgartirishlar haqida ma’ruza qilindi. Ushbu ma’ruza yuzasidan mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan qizg‘in muhokama qilindi, savollarga javoblar berildi, qo‘shimcha takliflar kiritilishi mumkinligi to‘g‘risida tushuntirilib o'tildi.