Янгиликлар
HARBIY QISMDA TARG`IBOT TADBIRI O'TKAZILDI
Urgut tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan "To'rtko'l" MFY da joylashgan 9224-sonli harbiy qismda "Konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgartirishlar" mavzusida targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Tadbir davomida konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgartirishlar, shuningdek "referendum" to'g'risida maruza qilindi. Bundan tashqari, ishtirokchilarga O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi to'g'risida ham ma'lumot berib o'tildi.