Янгиликлар
Harbiy qismda davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 12-avgust kuni Toyloq tumanidagi 69932-sonli Milliy gvardiya harbiy qismida Toyloq tumani Adliya bo‘limi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyat bo‘limi, "Yuksalish" umummilliy harakati Samarqand viloyati bo‘linmasi vakillari bilan hamkorlikda konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Ma’ruzachilar tomonidan Konstitusiyaviy islohotlar boʻyicha komissiya, uning tarkibi va vazifalari belgilanganligi, Konstitusiyaga o‘zgartish va qoʻshimchalar kiritish davr talabi ekanligi, shuningdek takliflarni yuborish tartibi toʻgʻrisida ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari, ishtirokchilarga bugun dunyodagi geosiyosiy vaziyatlardan kelib chiqib O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi to'g'risida ham ma'lumot berib o'tildi.